2. Saralash algoritmlari

Bugungi mavzumiz algoritmlashning to`rt asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblangan saralash algoritmlariga bag`ishlanadi. Saralash deb, berilgan obyektlar ketma-ketligini ma`lum mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi. Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin. Misol uchun maktab jismoniy tarbiya darsi. Bu dars boshida bolalar bo`ylariga qarab safda turishadi. Me`yor topshirish jarayonida esa sinf jurnalidagi familyalar ketma-ketligiga qarab topshirishadi. Shu yerning o`zida 2ta saralashdan foydalanilyapti. Biri, bo`y uzunligi bo`yicha, ikkinchisi sinf jurnalidagi o`rinlar bo`yicha.

Saralash jarayoni qanday kechadi? Saralash jarayoni taqqoslashga asoslangan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni his qilish uchun miyamizdagi tezlik bilan kechayotgan jarayonlarni birma-bir tahlil qilib chiqamiz(buning uchun saralanmagan sonlar ketma-ketligini olamiz):

Sonlar berilishi: 23, 54, 3, 22, 1, 45;

  1. Eng kattasini boshiga o`tkazamiz: 23, 3, 22, 1, 45, 54;(54 soni har bir son bilan solishtirilib eng katta ekani aniqlandi, 45 esa o`z o`rnida turibdi)
  2. Shu tartibni davom ettiramiz: 3, 22, 1, 23, 45, 54;(23 undan keyinda turuvchi eng katta son)
  3. Yuqoridagi amalni yana davom ettiramiz: 3, 1, 22, 23, 45, 54;(22 esa davomchi)
  4. Oxirgi marta almashtirishimiz quyidagi natijani beradi: 1, 3, 22, 23, 45, 54;(1 eng kichigi)

Demak, miyamiz xuddi shu jarayonni takrorlar ekan. Endi bizga ma`lumki, bizning miyamiz o`zi optimal deb bilgan yo`nalishdan ketadi va biz uchun faqat bitta saralash algoritmi mavjud. Ammo dasturlashda bunday deb bo`lmaydi. Dasturlashga talab ortib, bu soha rivojlanib borgani sari unda bir qator sohalardagi kabi tezlikni oshirish muammosi paydo bo`ladi. Chunki ilk kompyuter tizimlarida kompyuter tizimining 30% tezligi, operativ xotirasi saralashga sarflanar edi. Shu o`rinda savol tug`iladi, operatsion tizimlarda ham saralashdan foydalaniladimi? Albatta ha! Fikrimiz isbotini hozirda keng foydalaniladigan Total Commander dasturi isbotlaydi. Unda bir necha xil saralash mavjud: fayl turi, nomi, o`zgartirilgan sanasi va o`lchami. Har birini o`sish yoki kamayish tartibida saralash mumkin. Ha aytgancha, hozirgi tizimlar 30% emas anchagina kamroq tezlik va xotira sarflashadi. Chunki tezlik masalasi tobora yuqori cho`qqiga chiqayotgan va ishlanayotgan ma`lumotlar o`lchami oshib borayotgan bir paytda sekin ishlovchi algoritmlardan foydalanish kulguli. Ma`lumotlar o`lchamlari esa juda katta, shu sabali ularni aniq va tez saralashga ehtiyoj mavjud. Buni amalga oshirish uchun esa yangi algoritmlarga ehtiyoj tug`ila boshladi. Buni yechimi sifatida bir necha turdagi algoritmlardan foydalaniladi. Ular:

  1. Bubble sort;
  2. Selection sort;
  3. Insertion sort;
  4. Quick sort;
  5. Merge sort.

Bugungi maqolamizda yuqoridagi algoritmlarni nomini keltirish bilangina cheklanamiz. Ularning har biriga esa keyingi maqolalarimizda alohida to`xtalamiz.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!