№9 dars — Swap fayl(раздел)ni boshqarish

Oldingi maqolamda swap nima va nima uchun kerakdegan savolga javob berishga harakat qildim. Agar swap haqida biror bir tushunchaga ega bo'lmasangiz, bu maqolani o'qishdan umuman foyda yo'q. Quyida swap xotirasiga tegishli bo'lgan va linux ning barcha distributivlarida ishlaydigan kommandalar bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi. Bu kommandalar linux ning Oracle Linux Red Hat distributivida tekshirib ko'rilgan.

Keling, dastlab linux operatsion tizimi biz uchun qancha swap joy ajratganini bilib olamiz.

1swapon -s

Natija quyidagicha ko'rinishga yaqin bo'lishi mumkin:

Filename Type Size Used Priority

/dev/hda1 partition 289128 0 -1

/swapfile file 819192 0 -2

Filename — swap xotira qayerda va qanday nom bilan joylashganini ko'rsatadi..

Type — ajratilgan joy tipi ko'rsatilgan bo'ladi: partition (razdel) yoki file (fayl).

Size — swap xotiraning umumiy hajmi.

Used — Hozirgi vaqtda swap xotiraning qancha qismi ishlatilayotganini ko'rsatadi.

Priority — prioritet darajasini bilish, qaysi xotira turini sistema dastlab ishlatadi?

YUqoridagi natijani quyidagi komanda orqali ham olish mumkin:

1cat /proc/swaps

1. Swap fayl yaratamiz:

a. Dastlab, root foydalanuvchisi bilan tizimga kiramiz va terminalni ochamiz.

b. So'ng swap fayl hajmini qancha qilishimiz kerakligini o'ylaymiz va quyidagi komanda orqali swap fayl yaratamiz(misol uchun swap ni 800 Mb qilamiz).

1dd if=/dev/zero of=/swapfile bs=1M count=800

M-megabayt(MB), K-kilobayt(KB), G-gegobayt(GB) degani.

c. Linux tizimiga yaratilgan fayl swap fayl ekanini bildiramiz:

1mkswap /swapfile

d. So'ng, yaratilgan faylni ishga tushiramiz

1swapon /swapfile

Agar swapon -s komandasini bersangiz, yaratilgan swap fayl qo'shilganini ko'rasiz, ahamiyat bersangiz, yangi faylning priority ustuni, -2 qiymatni qabul qilgan bo'ladi. Bu degani yangi fayl eski swap fayl to'lganidan so'ng ishga tushadi degani.

e. Hosil qilingan swap faylni vaqtinchalik o'chirib qo'yish uchun:

1swapoff /swapfile

f. Linux operatsion tizimi yuklanganda, yaratilgan swap fayl o'chiq holatda bo'ladi. Tizim yuklanganda fayl avtomat qo'shilishi uchun /etc/fstab fayl ning oxirgi qatoriga quyidagi yozuvni qo'shib qo'yishimiz lozim.

1/swapfile none swap sw 0 0

g. Hosil qilingan swap faylni prioritetini quyidagicha o'zgartirish mumkin: Agar bir necha swap fayllar mavjud bo'lsa, ularning ishga tushish ketma-ketligini shu komanda orqali o'rnatish mumkin.

1swapon -p 1 /swapfile

Prioritet 0-32767 gacha qiymatlarni qabul qilishi mumkin.

h. Agar swap faylni o'chirib qo'ysak va shu paytda fayl ichida ma'lumot mavjud bo'lsa, biz bu ma'lumotni yo'qotib qo'yishimiz mumkin. Shuning uchun swap faylni o'chirishdan oldin ichidagi barcha ma'lumotlarni operativ xotiraga tashashimiz lozim. Quyidagi komanda, swap fayl ichidagi ma'lumotlarni operativ xotiraga tashlab, so'ng faylni tizimdan uzadi.

1swapoff -a

Kerak bo'lganda bu faylni toza holda yana ishga tushirishimiz mumkin.

1swapon -a

2. Swap razdel(partition) yaratamiz.

a. root foydalanuvchisi bilan tizimga kiramiz

b. Kerakli razdelni swap uchun tayyorlaymiz.

1fdisk -t /dev/hdb

c. So'ng, disk swap uchun tayyor holga kelganini tekshirib olamiz:

1fdisk -l /dev/hdb

Natija taxminan quyidagi ko'rinishda bo'lishi lozim:

Device Boot Start End Blocks Id System

/dev/hdb1 2328 2434 859446 82 Linux swap / Solaris

d. Swap razdelni hosil qilamiz

1mkswap /dev/hdb1

e. Hosil qilingan razdelni ishlatish uchun, uni yoqamiz

1swapon /dev/hdb1

f. Oxirida, doimiy ravishda (operatsion tizim qayta yuklanganda ham) swap razdelni ishlatish uchun, bu razdelni /etc/fstab fayliga kiritib qo'yamiz.

1

/swapfile none swap sw 0 0 Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!