yangi

Telegram profilini o'chirish

Telegram profilini o'chirish

Ko'pchilik -"Qanday qilib Telegramni o'chirib tashlash mumkin?" degan savol bilan murojaat qilishadi. Shu savollarga bir butun qilib ushbu maqolada Telegramni o'chirish haqida yozishga qaror qildik.

Telegramni o'chirishga kirishishdan avval bir muhim narsani hisobga olishingiz kerak: Telegramni o'chirib yuborganingizdan so'ng, uni ichidagi ma'lumotlarni tiklab bo'lmaydi. Durovga yozsangiz ham, tiklashni iloji yo'q. 🙈🙈🙈

Demak boshladik.

Telegram o'chirish uchun birinchi navbatda biron bir brouzer(Chrome/Opera/Mozilla/Safari)dan https://my.telegram.org/auth?to=deactivate mana bu manzilga kiramiz. U yerda o'chirib tashlamoqchi bo'lgan telefon raqamimizni teramiz:

Telefon raqam xalqaro, ya'ni +9989******** formatida kiritilinishi kerak.

So'ng Next tugmasini bosamiz. Shunda telegram'ga telegramning rasmiy kanalidan mana bunday ko'rinishda xabar keladi:


Bu xabardan "This is your login code:" gapidan keyingi kodni ko'chirib olamiz va brouzerga qaytib, "Confirmation code" qatoriga ko'chirib olgan kodimizni qo'yamiz va Sign In tugmasini bosamiz.


Shunda bizga quyidagicha xabar chiqadi:


Bu yerda "Why are you leaving?" qatoriga biron nima yozib qo'yamiz(Paveljon biz nima uchun telegramni o'chirmoqchi ekanligimizni so'ramoqda).

So'ng, Delete My Account tugmasini bosamiz. Shunda quyidagicha oyna ochiladi:


Bu yerda telegram bizni oxirgi bor ogohlantirmoqda. Biz telegramni o'chirishga uzil-kesil qaror qildik, shu sababli, Yes, delete my account tugmasini bosamiz.

Tamom! Tabriklaymiz, Telegram profil o'chirildi. Endi agar telefon yoki kompyuterdagi telegram ilovasiga qayta kirsak, bizni avtorizatsiya qismiga yuboradi.

Diqqat! Yana bir bor: Telegramda o'chirilgan profil fayllarini qayta tiklab bo'lmaydi. Shu sababli telegramni o'chirishdan avval telegramdagi ma'lumotlaringizni ko'chirib oling. Buning uchun telegramning maxsus imkoniyatidan foydalanish mumkin.

Qanday qilib telegramdagi ma'lumotlar(xabarlar, rasmlar, videolar, fayllar)ni ko'chirib olish haqida keyingi maqolalarda ko'rsatib o'tamiz.


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!