Tkinter kutubxonasi - Python dasturlash tili

TKINTER KUTUBXONASI - PYTHON DASTURLASH TILI.

Pythonning Tkinter kutubxonasi yordamida biz Pythonda yozilgan dasturlarni interfeys bilan ta'minlaymiz.Tkinter nafaqat interfeys bIlan balki vidjetlar bilan ta'minlovchi kutubxonadir. Vidjetlarga tugmalar (button), Nishonlar (Label) va boshqalar kiradi.Demak Tkinter birinchi dasturni tuzishni boshlaymiz.

 from Tkinter import Label , mainloop

 Label (text=" has to be the\nsimplest bit of code").pack ()

 mainloop ()

Natija :


Endi kodni tushuntirishni boshlayman.

1. from Tkinter import Label, mainloop

Ushbu qatorda Tkinter kutubxonasidan Label va mainloop vidjetlarni ishlatish uchun ruxsat so'ramoqdamiz. Agar so'zma so'z tarjima qilinsa ham shunday bo'ladi, ya'ni, Tkinterdan Label va mainloopni olib kel. Bu yerda mainloop asosiy oyna (oddiy tilda aytganda kompyuterdan bizga ko'rinib turgan oyna, yuqorisida nomi va - □ × bo'lgan oyna. Label esa rasmdagi so'zlar )

2. Label(text='This has to be the\nsimplest bit of code').pack()

Bu qatorda Labelni Text funksiyasi orqali "This has to be the\nsimplest bit of code" gapini mainloop ga (ekranga ) chiqarmoqdamiz. Gap o'rtasida turgan \n belgisi so'z bir qatorga sig'magani uchun keyingi qatorga o'tishini ta'minlaydi.pack () orqali Labelni joylashtirmoqdamiz.

3. mainloop ()

Hammasi tayyor bo'lgandan so'ng asosiy oynani tugaganini bildirmoqda miz.Bo'ldi hamma ishni qilib bo'ldim oynani endi ko'rsat demoqdamiz. Kompyuter kodingizni ko'rib chiqayotgan vaqtda mainloop () ga to'g'ri kelsa tekshirishni tugatib kodda nima yozilgan bo'lsa shularni ekranga chiqaradi.

Maqolani tushunish darajasi : 80%

Maqolani qiyinlik darajasi : 20%

Manba:


000bakhtiyor

Muallif haqida

000bakhtiyor


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!