Texnoman loyihasi axborot texnologiyalari, Internet,
ijtimoiy media, Uznet, yuqori texnologiyalar, mobil qurilmalar hamda
texnologiyalar bilan bog'liq kompaniyalar haqida yangiliklar, tahliliy
maqolalar, xabarlar, ma'lumot berib borishga mo'ljallangan.
Endi saytimizda umumiy texnologiyalar olamiga oid barcha yangiliklar
qo'yib boriladi. Foydalanuvchilarimiz bemalol o'z fikrlarini
bildirishlari, o'zlarining shaxsiy bloglarida maqolalarini chop
etishlari mumkin.
Texnoman loyihasi nafaqat sayt ma'muriyati tomonidan, balki
foydalanuvchilar tomonidan ham rivojlantirib boriladi. Qolaversa,
korporativ foydalanuvchilar ham o'z bloglarini ochib, kompaniyalari,
mahsulotlari va xizmatlari haqida yangiliklar, maqolalar hamda e'lon
qoldirib borishlari mumkin.
Loyihadan maqsad, o'zbek tilida texnologiyalar olamiga oid eng so'nggi
yangiliklarni berib borish, biron mavzu doirasida tahlillar olib borish,
foydalanuvchilar hamda o'quvchilar fikrlarini doimo inobatga olgan
holda Uznet rivojiga hissa qo'shib borishdir. Eng asosiy maqsad esa,
o'zbek yoshlarimizni texnologik saviyasini oshirish, yangiliklardan
xabardor qilib turish, axborot texnologiyalariga oid bilimlarini
kengaytirish va tajriba almashishdan iborat.