Maqolalardagi teglar startupmix...


yangi

Startup Mix #31. Anons

17/06/02 02:32

Startup Mix #31. Anons

10-iyun kuni Toshkentdagi Inha Universitetida navbatdagi Startup Mix'ning 31-tadbiri bo'lib o'tadi. Bu galgi tadbirda ovqat yetkazib berish xizmati, yangi internet do'koni, virtual haqiqiylik yo'nalishidagi startaplar, Uznetda hali unchalik ommabop bo'lishga ulgurmagan trolling haqida taqdimotlar va chiqishlar bo'ladi va bir nechta munozaralar tashkillashtiriladi.



yangi

Startup Mix #28. Anons

17/03/14 13:23

Startup Mix #28. Anons

19-mart kuni Toshkentdagi Inha Universitetida navbatdagi Startup Mix'ning 28-tadbiri bo'lib o'tadi. Bu galgi dasturda chet-ellik mehmonlar, investor bilan onlayn suhbat hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonini boshqarish metologiyalari bo'yicha qiziqarli munozaralar bo'lib o'tadi. Qisqacha tadbir dasturi: 10:00 - 10:30. AT-tadbirkor Bobir Akilxanovning investitsiya qoidalari. Onlayn-suhbat 10:30 - 11:00. AT-mahsulotlarni ishlab chiqishda Agile metodini tadbiq…



yangi

26-Startap Miks. Anons.

16/12/12 19:12

26-Startap Miks. Anons.

2016-yil 17-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Startap Miks'ning yangi 26-si bo'lib o'tadi. Bu galgi Startap Miks'da oldingilaridan farqli ravishda, yangi formatda bo'ladi. Unda bir nechta startapning taqdimotlari, mentorlar bilan konsultatsiyalar, Kremniy Vodiysida ishlovchi startapchilar bilan suhbat va boshqa ko'plab qiziqarli uchrashuvlar bo'lishi rejalashtirilgan.



manba

O‘zbekistonda yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

16/04/01 12:18

O‘zbekistonda yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

BMT Taraqqiyot dasturi va Savdo-sanoat palatasining "O'zbekiston biznes-forumi (III bosqich)" loyihasi poytaxt oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda startap tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash dasturini yo'lga qo'ydi. Bu haqda "Infocom.uz" xabar beradi.Startap tashabbuslarni yaqindan qo'llab-quvvatlash…



manba

O‘zbekistonning Stolik startapi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari uchligiga kirdi

16/04/01 12:16

O‘zbekistonning Stolik startapi Eurasia Mobile Challenge g‘oliblari uchligiga kirdi

O'zbekistonning Stolik startapi Rossiya, Armaniston, Qozog'iston, Gruziya, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston davlatlari ishtirok etgan Eurasia Mobile Challenge tanlovining hududiy final bosqichida uchinchi o'rinni egalladi. Bu haqda "Mobinfo.uz" xabar beradi.Tanlovning hududiy bosqichi tashkilotchisi VimpelCom (Beeline savdo belgisi) kompaniyasi…



tarjima

21-Startap Miks

16/03/28 09:05

21-Startap Miks

21-Startap Miks 26-mart kuni Toshkentdagi Inha Universitetida bo'lib o'tdi. U har doimgidek mazmunli va qiziq, yorqin munozaralarga boy, har qanday futbol matchlaridan yoki spektakldan qiziqroq bo'ldi. Birinchi ma'ruzani to'qimachilik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi Laltienda.uz internet magazini veb-analitiki Munira Begmuratova taqdim etdi. Kutilmaganda zalda to'qimachilik sohasidan xabardorlar borligi aniq bo'ldi…



manba

Uber kompaniyasining muvaffaqiyati tarixi

16/01/13 07:19

Uber kompaniyasining muvaffaqiyati tarixi

Tarixdagi eng tez o'sayotgan kompaniya Uber 2009-yilda biznesmenlar Trevis Kalanik va Garret Kemp tomonidan yaratilgan. San-Fransiskodagi startap birinchi bo'lib taksi yoki shaxsiy haydovchi qidirish, chaqirish va to'lash uchun mo'ljallangan haqiqatan ishlaydigan va qulay bo'lgan mobil dasturni yaratdi.Uber'ni ishlab chiqish g'oyasi 2008-yilda Parijdagi LeWeb anjumanida tug'ildi, o'shanda Kalanik 800 dollarga limuzinni haydovchisi bilan buyurtma qilgani haqida so'zlab bergan edi. Kemp…



manba

O‘zbekistondagi startaplar uchun bepul xosting

16/01/13 07:12

O‘zbekistondagi startaplar uchun bepul xosting

Microsoft BizSpark dasturi doirasida sizda 27 ming dollargacha bo'lgan mablag'ni Microsoft Azure bulutli xostingi ko'rinishida bepul qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.Agar startapingiz allaqachon ishga tushirilgan va sizga xosting zarur bo'lsa — ariza bering, biz o'z bepul bulutli xostingini qo'lga kiritgan bir nechta mahalliy loyihalarni bilamiz.Ha, xosting unchalik qimmat turmaydi, biroq nima bo'lganda ham bu yosh tadbirkor uchun ko'makdir.Bor-yo'g'i ikkita oddiy qadamni…



manba

Odamlarni o‘z startapingizda ishlashga qanday ko‘ndirish mumkin?

16/01/10 04:08

Odamlarni o‘z startapingizda ishlashga qanday ko‘ndirish mumkin?

Startapni endigina ishga tushirganingizda jamoangizga ajoyib a'zolarni yig'ish — eng qiyini. Ularni hamma narsani tashlab, kompaniyangizga ishga kirishga qanday ko'ndirish mumkin? Agar saralangan nomzodlarga quyida sanab o'tilgan afzalliklarni taqdim etishga tayyorligingizni ko'rsata bilsangiz, jamoa yig'ish imkoniyatingiz oshadi. Ular ishona oladigan g'oyani taklif qiling Odamlar biznesingiz qay tarzda va nima uchun dunyoni biroz bo'lsa-da, yaxshiroq qila olishini tushunishi…



manba

Shaxsiy biznesni necha yoshda ishga tushirgan ma’qul?

16/01/10 04:06

Shaxsiy biznesni necha yoshda ishga tushirgan ma’qul?

Navbatdagi Mark Sukerberg bo'lish uchun yoshingiz ancha katta deb o'ylaysizmi? 30 dan oshib, ishga yaroqsiz holga keldim, degan fikrdamisiz? Faktlar hamda olimlar tadqiqotlari buning aksini ko'rsatmoqda.Mark Pinkus Zynga (o'yinlar uchun dunyodagi eng katta ijtimoiy platforma)ga 41 yoshida asos solgan;Rid Xoffman Linkedin (biznesmenlar uchun ijtimoiy tarmoq)ni yaratganida 36 yoshda bo'lgan;Mark Benioff 35 yoshligida Salesforce (CRM-tizim)ga asos solgan;Robert Noys Intel'ni…



manba

Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 2-qism

16/01/10 04:01

Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 2-qism

Forbes biznes-nashri talqiniga ko'ra 2015-yilning eng shov-shuvli startaplari haqida gapirib berishda davom etamiz. Boshlanishi — o'tgan maqolada.5. DoorDash Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 600 million dollarDoorDash — eng yaqin restoranlardan onlayn tarzda taom buyurtma qilish servisi. Ikki yillik faoliyati davomida tezkorlik bilan ko'payayotgan…



manba

Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 1-qism

16/01/10 03:57

Forbes talqini bo‘yicha 2015-yilning eng qiziqarli startaplari, 1-qism

Kremniy vodiysining venchur sarmoyadorlari startaplarga investitsiya kiritishda davom etmoqda. 2015-yilning Forbes tomonidan tanlab olingan va ushbu maqolada yoritilgan eng yaxshi startaplari hisobot davrida 7 milliard dollardan ortiq mablag'ni jalb qildi va 120 milliard dollar qiymatga yaqinlashdi.1. Slack Investorlar tomonidan berilgan bahosi: 2,8 milliard dollar.Slack Technologies — 1,1 million foydalanuvchiga ega bo'lgan, onlayn tarzda jamoa bo'lib ishlash…



manba

Biznes-g‘oyani sinovdan o‘tkazish: nimadan boshlash kerak?

16/01/10 03:53

Biznes-g‘oyani sinovdan o‘tkazish: nimadan boshlash kerak?

G'oyalar validatsiyasi — bu taklifingizning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tekshirish jarayonidir. Mahsulotingiz odamlar uchun manfaatlimi? Ular mahsulotingizga pul sarflashga tayyormi?G'oyalar o'z-o'zidan biznes qiymatiga ega emas — faqat bozor sharoitlarida tekshirilgan va sinalgan, kengaytirish uchun yaroqli gipotezalargina durust.Sinash jarayonida asosiy urg'uni mahsulotga emas, auditoriya muammolari va ehtiyojlariga berish kerak.Ehtimol, siz umuman mavjud bo'lmagan…



manba

Tadbirkorlarning 5 ta asosiy xatosi

16/01/10 03:44

Tadbirkorlarning 5 ta asosiy xatosi

Startapchilarning favqulodda muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalar boshingizni aylantirishiga yo'l qo'ymang. Kengroq tarqalgan vaziyat quyidagicha ko'rinishga ega: mahsulotni sinash, muvaffaqiyatsizlik, qaytadan sinash va yaxshilanish.Yosh tadbirkorlarning eng ko'p uchraydigan xatolari quyidagilar: G'oyani tekshirmasdan, ichki hislarga ishonish Biznes-g'oya foyda keltiradigan bo'lib ko'rinishi mumkin, biroq uni tekshirib ko'rmasangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingiz tayin.…



manba

Shaharni startaplar markaziga aylantirish usuli Tel-Aviv misolida

16/01/10 03:31

Shaharni startaplar markaziga aylantirish usuli Tel-Aviv misolida

Tel-Aviv tezlik bilan eng muvaffaqiyatli startap-ekotizimlardan biriga aylandi, u yaqinda bu yo'nalishda dunyoda beshinchi, AQShdan tashqarida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Nisbatan ancha yosh bo'lgan ushbu shahar sanoqsiz biznes turlari uchun unumdor yerga aylandi. Tel Aviv Global kompaniyasi direktori Xila Oren o'ziga xos muhitni yaratish va innovatsiyalarni joriy qilish uchun qanday choralarni qo'llagani haqida gapirib berdi.Axborot bilan bo'lishing Axborot — ko'pchilik…



manba

O‘zbekistondagi oziq-ovqat yetkazib beruvchi internet-do‘konlar

15/12/11 01:22

O‘zbekistondagi oziq-ovqat yetkazib beruvchi internet-do‘konlar

Kundalik ehtiyoj uchun oziq-ovqat va mahsulotlarning internet orqali yetkazib berilishi — juda qulay. Bozor va do'konlarni aylanish uchun vaqt sarflash, mahsulotlar solingan og'ir sumkalarni ko'tarib yurish kerak emas, saytda buyurtmani rasmiylashtirish kifoya, buyog'iga faqat kuryerning yukni yetkazib berishini kutish kerak.O'zbekistonda, elektron tijoratni rivojlantirishdagi qator qiyinchiliklar tufayli, to'laqonli internet-do'kon deb atash mumkin bo'lgan loyihalar hozircha juda kam…



manba

Startap jamoasiga kishilarni qanday yollash kerak?

15/11/22 02:23

Startap jamoasiga kishilarni qanday yollash kerak?

HR bo'yicha ekspert Alyona Vladimirskayaning Lean Startup Russia 2015 konferensiyasidagi nutqini qisqacha keltirib o'tamiz.1. Agar biznesni endi boshlayotgan bo'lsangiz, jamoaning negizini rekruting resurslarida qidirmang. Loyihaning bosh xanteri va a'zosi faqat siz bo'la olasiz. Sizga esa shunday kishilar kelishi kerakki, ularda yangi ish topish emas, mahsulotingizga ishonib, uni milliardli biznesga aylantirish niyati bo'lishi kerak.2. Loyihaning markazi (asosiy strategik qarorlarni…



manba

Investor bilan uchrashuv: sizni qanday savollar kutmoqda?

15/11/22 02:21

Investor bilan uchrashuv: sizni qanday savollar kutmoqda?

Loyiha taqdimoti chog'ida investorni qiziqtiradigan asosiy savollarni venchur kapitalisti Toni Konrad bilan bo'lgan intervyudan keltiramiz:Jamoa. Siz kimsiz va jamoada yana kimlar bor? Nega aynan siz o'zingiz aloqador bo'lgan muammo yechimi uchun yaroqlisiz? Qanday noyob bilimlarga egasiz? Qanday afzalliklaringiz bor? Bosh maslahatchilaringiz kim? Qanday xususiy investorlar loyihangizga investitsiya kiritishini aytgan? Agar investorni o'z jamoangiz samaradorligiga…



manba

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol (2-qism)

15/11/22 02:17

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol (2-qism)

O'z yo'lini MVP'dan boshlagan muvaffaqiyatli va butun dunyoga taniqli startaplar haqidagi avvalgi maqolaning davomi bilan tanishing.PebbleElektron qog'ozdan soat ishlab chiqaruvchi kompaniya. "Aqlli aksessuarlar" bozorini ommabop qilgan ishlab chiqaruvchi shudir.Investorlarning puli tugagach, Pebble asoschisi…



manba

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol

15/11/22 02:14

O‘ta muvaffaqiyatli MVP’larga 4 ta misol

O'tgan maqolalarda minimal yashovchan mahsulot nima ekanligi haqidagi nazariyani gapirib bergandik. Bunga bir nechta misollar keltiramiz.Airbnb2007-yilda san-fransiskolik Brayan Cheski va Jo Gebbiya biznes boshlamoqchi bo'ldi, biroq ularning ijara haqini to'lashga ham puli yo'q edi. Shaharda dizayn bo'yicha…



manba

Startap bozor va raqobatchilarni qanday tahlil qilishi kerak?

15/11/11 12:33

Startap bozor va raqobatchilarni qanday tahlil qilishi kerak?

Rossiyalik investor Arkadiy Moreynisning yana bir maqolasini qisqacha mazmunda keltiramiz."Noyob g'oyalar yo'q" degan oddiy fikrdan boshlaymiz. Agar sizga g'oyangiz noyob bo'lib tuyulsa, bu quyidagilardan birini anglatishi mumkin: siz yaxshilab qidirmagansiz;raqobatchilaringiz aslida kimligi haqida yaxshi tasavvurga ega emassiz;buni amalga oshirishga intilib ko'rgansiz, biroq u muvaffaqiyat qozonmagan.…



manba

O‘zbekistondagi trend: texnika internet-do‘konlari

15/11/11 12:29

O‘zbekistondagi trend: texnika internet-do‘konlari

Toshkentda maishiy texnikani qayerdan xarid qilish mumkin? "Malika", "Abu Saxiy" savdo rastalari, MediaPark savdo markazlaridanmi yoki uydan chiqmasdan, internet-do'konlardanmi?So'nggi olti oy ichida O'znetda maishiy texnikani saytdan tanlash va buyurtma qilish imkonini beruvchi bir qancha qiziqarli loyihalar paydo bo'ldi. Home24.uz o'zini uy uchun nafaqat texnika, balki gazlama, santexnika, bezaklar, idish-tovoqlar, elektron…



manba

Startap-akselerator nima?

15/11/11 12:27

Startap-akselerator nima?

Akselerator nima bilan shug'ullanishini batafsilroq ko'rib chiqamiz. Maqolada yozilgan narsalarning barchasi StartupFactory.uz'ga ham tegishli.Akselerator — biznesi boshqa kompaniyalarga (akselerator rezidentlariga) yordam berishdan iborat bo'lgan kompaniya.Akseleratorlar rezidentlarga jamoaga biznes-modelni "charxlash"da, zarur kontaktlarga ega bo'lishda va savdoni oshirishda yordam beradigan dasturni taklif qiladi. Dastur uch oydan yarim yilgacha davom etadi. Odatda, akseleratorning…



manba

StartupFactory.uz startap g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bepul dastur uchun tanlov e’lon qildi

15/11/11 12:24

StartupFactory.uz startap g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bepul dastur uchun tanlov e’lon qildi

StartupFactory.uz akseleratori "O'zbekiston Biznes-forumi (III bosqich)" loyihasi (O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot dasturining birgalikdagi loyihasi) bilan hamkorlikda Idea Lab dasturini ishga tushiradi.Idea Lab — startaplarga rivojlanishning ilk bosqichida ekspert ko'magini berish bo'yicha konsultatsiya dasturi. 20 kun ichida g'oyalar sinovdan o'tkaziladi, loyihaning zaif tomonlari aniqlanadi, startaplar va Lean Startup metodologiyasi haqida gapirib beriladi, IT sohasidagi…



manba

Startap gipotezasini sinab ko‘rishning 5 usuli

15/10/27 12:16

Startap gipotezasini sinab ko‘rishning 5 usuli

Lean Startup metodologiyasiga ko'ra, mahsulotni yaratishdan oldin eksperimentlar o'tkazib, gipotezalarni tekshirish va iste'molchidan baho olish kerak.Sayt yoki chiroyli blog ochib, mahsulotga bo'lgan qiziqishni tekshirib ko'ring. Real vaqt rejimida odamlar orasida so'rov o'tkazing va ularning xatti-harakatlarini tahlil qiling. Iloji boricha ko'proq gipotezalarni ilgari suring va ularni tekshiring. Keraksiz xarajatlardan uzoq…



manba

Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun 3 qadam

15/10/26 01:53

Muvaffaqiyatli startap yaratish uchun 3 qadam

Startap — bu tekshirib ko'rish kerak bo'lgan gipotezalar. Sizning bo'lajak biznesingizni tavsiflab beruvchi uchta asosiy gipotezani ajratish mumkin: Nimadan pul ishlab topishni istayman? Qanday mahsulot chiqarishni istayman? U kimga va nima uchun kerak? Muvaffaqiyat siri shundaki, ushbu ro'yxatni oxiridan boshlab o'qish kerak. Tadbirkor avval "velosiped"ni ixtiro qilib va ishlab chiqarib, so'ng uni kimga sotishni o'ylashi juda g'alati bo'ladi.Birinchi…



manba

Bir MVP (minimal ishchi mahsulot) hikoyasi

15/10/26 01:40

Bir MVP (minimal ishchi mahsulot) hikoyasi

O'tgan maqolada minimal yashovchan mahsulot nima ekanligi haqidagi nazariyani gapirib bergandik. Endi esa rossiyalik investor Arkadiy Moreynisning MVP mohiyatini sodda qilib tushuntirib beruvchi hikoyasini keltirib o'tamiz."AQShlik ikki yigit odamlarga bir haftalik retseptlar to'plamini ushbu retseptlarga muvofiq yig'ilgan va o'ralgan oziq-ovqatlarni…



manba

Lean Startup nima?

15/10/25 04:07

Lean Startup nima?

Ko'pchilik jarayonlar va menejmentni zerikarli va umidsiz deb, startaplarni esa qizg'in va qiziqarli, qoidalarga bo'ysunmaydigan deb hisoblashga odatlangan. Biroq buning aynan aksi to'g'ridir: startapni yaratish qat'iy qilib belgilangan muayyan qadamlarga ega aniq metodikaga bo'ysunishi kerak.Erik Risning "Biznesni noldan boshlash. G'oyani tezkorlik bilan sinash va biznes-model tanlash uchun Lean Startup usuli" kitobi so'nggi…



manba

MVP — minimal ishchi mahsulot nima?

15/10/25 04:07

MVP — minimal ishchi mahsulot nima?

MVP (inglizcha minimum viable product — minimal yashovchan mahsulot) — to'liq miqyosda ishlab chiqilguniga qadar talabni sinab ko'rish uchun mo'ljallangan mahsulotning eng oddiy ishlaydigan prototipi. Bunday yondashuv tadbirkorni yakuniy mahsulotning talabgir emasligi va ishlab chiqarishga sarflangan manbalarni yo'qotishdan saqlab qoladi.Maqoladagi rasmda (chiziq ostida) to'la-to'kis avtomobilni yaratish uchun minimal ishchi mahsulotlar rolini, navbatma-navbat, skeyt, samokat, velosiped…



manba

O‘zbekistondagi trend: taom yetkazib berish servislarining avj olishi

15/10/23 12:42

O‘zbekistondagi trend: taom yetkazib berish servislarining avj olishi

Toshkentda taom yetkazib berish xizmati ayni rivojlanish cho'qqisiga chiqqan. Har oyda yangidan-yangi loyihalar paydo bo'lib, yo'qolmoqda.Tayyor taomlarni yetkazib berish bilan shug'ullanadigan servislarni sanab o'tamiz:eOrders — http://e-orders.uz/ — restorandan taom yetkazib beradigan loyiha O'zbekistonda birinchi bo'lib ushbu yo'nalishni rivojlantira boshladi. Saytdagi shaxsiy kabinet orqali sizga yoqib tushgan restoran taomnomasidan…



manba

Startap uchun 5 ta eng yaxshi biznes-model

15/10/23 12:16

1-model: ReklamaU reklamani bannerlar, matnli, kontekstli, video va audio reklama kabi turli ko'rinishlarda sayt yoki dasturda namoyish etishni nazarda tutadi. Siz reklamani ko'rsatishdan ham (reklama beruvchidan pul olgan holda), reklamadan voz kechishdan ham (foydalanuvchilardan "reklamani o'chirib qo'yish" funksiyasi uchun pul olgan holda) daromad olishingiz mumkin. Deyarli barcha elektron OAVlar ushbu biznes-modeldan foydalanadi.2-model: SavdoUshbu model mahsulot…



manba

Startapning biznes-modeli nima?

15/10/23 12:15

Startapning biznes-modeli nima?

Startaplar haqidagi rukn bo'yicha birinchi maqolalarimizdan birida startaplarga biznes-reja kerak emasligi to'g'risida aytib o'tgandik. Katta hujjatning o'rnini loyihaning biznes-modeli egallaydi (rasmga qarang).Har bir punktga keyingi maqolalarimizda alohida to'xtalib o'tamiz, hozir esa biznes-model haqida qisqacha ma'lumot beramiz.Kompaniya biznes-modeli qimmatli mahsulotni yaratish va foyda…



manba

Startap uchun jamoani qanday topish mumkin?

15/10/23 12:13

Startap uchun jamoani qanday topish mumkin?

Sizda g'oya paydo bo'lib, uni amalga oshirishga kirishganingizdan keyin qilish kerak bo'lgan birinchi narsa — hamta'sischini topish. Barchasini mustaqil ravishda qilishga urinib o'tirmang: malaka va vaqtingiz yetarli bo'lmaydi.Aslida, bir nechta loyihalarni amalga oshirib, muvaffaqiyat qozongan biznesmenlar fikricha, startap jamoasida turli mas'uliyatga ega bo'lgan 2—3 nafar asoschi bo'lishi kerak. Birinchi asoschi marketing, savdo va biznesni rivojlantirishni (business development) yaxshi…



manba

O‘zbekistonda qanday startaplarga ehtiyoj bor?

15/10/22 12:52

O‘zbekistonda qanday startaplarga ehtiyoj bor?

O'zbekistonda yaqindagina startaplar haqida gapira boshlashdi. Bozorda bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar allaqachon bor (ular haqida keyingi postlarda so'zlab beramiz), hozir esa bozorimizga qanday startaplar yetishmayotganini muhokama qilamiz.Samolyot va poyezdlarga onlayn tarzda chipta sotib olish mobil dasturiTemiryo'l kassalaridagi uzun navbatlar har kimning ta'bini xira qiladi, butun dunyoda esa elektron chiptalar sotib olishga o'tib bo'lishgan.Kino, konsert va…



manba

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli 5 ta startap

15/10/22 12:42

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli 5 ta startap

O'z loyihangizni boshlashingiz qanchalik yaxshi istiqbolga ega ekanligini ko'rsatib berish uchun IT va texnologiyalar sohasidagi beshta eng muvaffaqiyatli startapni esga olamiz.FacebookHamma "Ijtimoiy tarmoq" filmini ko'rgan va u orqali oddiy talaba hikoyasi haqida bilib olgan bo'lsa kerak? Bugungi kunda Facebook'ning bir milliarddan ortiq foydalanuvchilari bor. Ishoning, bizning akseleratorga keladigan startapchilarning 90 foizi ikkinchi Sukerberg bo'lish ishtiyoqida



manba

Tadbirkor bo‘lishga tayyormisiz?

15/10/22 11:51

Tadbirkor bo‘lishga tayyormisiz?

Miyangizga ajoyib g'oya keldi. Hatto, loyiha uchun boshlang'ich kapital va jamoa ham topib qo'ydingiz. Biroq biznesingiz muvaffaqiyati ko'p masalalarda o'zingizga bog'liq.O'z-o'zingizga bir nechta savol berib ko'ring:1. Biznesda o'zingizga o'xshagan sherigingiz bo'lishini istarmidingiz?Bu savolga yaxshi va yomon shaxsiy xislatlaringizni baholagan holda xolisona javob berishga harakat qiling. Odamlar bajonidil sizga ishonib, hurmat qilib, siz bilan ishlaydimi?2.…



manba

Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin?

15/10/22 11:49

Startap uchun g‘oyani qanday topish mumkin?

StartupFactory.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida "Startap uchun g'oyani qayerdan topish mumkin?" — degan savolni ko'p so'rashadi. Odamlar o'zlari arzirli narsa o'ylab topa olmagani uchun bir-ikkita g'oyalarni tavsiya qilishni so'raydi.Kremniy vodiysining taniqli siymolaridan biri, Lean Startup va Customer Development metodologiyasi hammualifi Pol Grem yozganidek, "Startap uchun g'oya topishning eng yaxshi yo'li — u haqda o'ylamaslik. Muammoni toping, u o'zingizda bo'lsa, yana-da…



manba

O‘zbekistondagi trend: uy ishlarida yordam beruvchilar servisini yaratish

15/10/22 11:47

O‘zbekistondagi trend: uy ishlarida yordam beruvchilar servisini yaratish

May oyida StartupFactory.uz'da uy xo'jaligi bo'yicha yordamchilar qidirish xizmatini ishga tushirish yaxshi bo'lishi haqida yozgandik. Mana, uch oy ham o'tmasdan bunday saytlardan bir yo'la bir nechtasi ochildi.O'zbekistonda shunday tendensiya bor: bitta qiziqarli loyiha paydo bo'lishi bilan, orqasidan darhol unga juda o'xshash manbalar yaratila boshlaydi. Raqobat — foydalanuvchilar uchun yaxshikuya, startap asoschilari uchun qanday?Bir-biriga…



manba

ICT Forum 2015 doirasida startaplarni rivojlantirish bo‘yicha munozara

15/10/22 11:44

ICT Forum 2015 doirasida startaplarni rivojlantirish bo‘yicha munozara

O'zbekistonda startaplarni rivojlantirish istiqbollari to'g'risidagi bahs-munozara ICT Forum 2015'dagi Startup Mix'ning eng yorqin hodisalaridan biri bo'ldi, unda so'z lug'atimizda "startap" so'zi mavjud bo'lmagan davrda o'z biznesini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirgan taniqli o'zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdi. Diskussiya spikerlari Roman Gold (JSCapital, Isroil), Hikmat Abdurahmonov (AMBiT), Suren Sapov (Afisha Media), Laziz Adhamov (SAP) moderator va tinglovchilar savollariga javob…



manba

Isroillik mehmon Roman Goldning startap-anjumandagi chiqishi

15/10/22 11:40

Isroillik mehmon Roman Goldning startap-anjumandagi chiqishi

2015-yil 17-sentabr kuni O'zbekistondagi eng yirik ICT Forum 2015 doirasida Startup Mix tadbiri bo'lib o'tdi. Brand.uz kompaniyasi startaplarga bag'ishlangan seksiyani o'tkazdi. Anjumanda qatnashish uchun ataylab kelgan isroillik mehmon Isroildagi ekotizim haqida gapirib berdi va taniqli biznesmenlar bilan O'zbekistonda startaplarni rivojlantirish istiqbollari haqidagi bahs-munozarada ishtirok etdi (ushbu diskussiya haqida keyingi maqolada so'zlab beramiz).Roman Gold — Isroilning xalqaro…



manba

Startap uchun g‘oya qanchalik muhim?

15/10/22 11:36

Startap uchun g‘oya qanchalik muhim?

Startup Factory.uz akseleratoriga o'z g'oyasini dohiyona deb biluvchi yoshlar ko'p keladi (aslida esa ular yana bir Facebook ochishni "o'ylab topgan").Rossiyalik investor Arkadiy Moreynisning "Unikal (yagona) g'oyalar yo'q. Ayni paytda sizga yangilik va originallik namunasi bo'lib tuyulayotgan narsani aslida yuzlab kishilar amalga oshirishga urinib ko'rgan va ish bermagani uchun tashlab qo'ygan. Yana yuzlab kishilar ayni vaqtda xuddi shu narsani qilmoqda. Yana yuz kishi buni ertaga amalga…



manba

O‘z startapingizni yaratish uchun 5 ta sabab

15/10/22 11:31

O‘z startapingizni yaratish uchun 5 ta sabab

Startapni "Amerika tepaliklari" attraksioni bilan qiyoslash mumkin — zavq bag'ishlaydi, nima bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi, adrenalinga boy.Quyida o'z loyihangizni boshlash uchun ba'zi sabablarni keltiramiz:Sizda biznes g'oyasi bor va ushbu g'oya sizni qiziqtirib qo'ygan. Siz barqaror ishingizni tashlab, loyihangizni rivojlantirishni boshlashga tayyorsiz. Sizga yaxshi motivatsiya va muvaffaqiyatga ishonch kerak!Siz hech kimga bo'ysunmagan holda o'z-o'zingiz uchun…



manba

Nima uchun startaplarga biznes-reja kerak emas?

15/10/21 11:59

Nima uchun startaplarga biznes-reja kerak emas?

Taniqli amerikalik tadbirkorlar, ko'plab muvaffaqiyatli startaplar investor va konsultantlari Stiv Blank va Bob Dorf o'z nutqlarida biznes-reja startapning birinchi raqamli dushmani ekanligini aytib keladi.O'n yil avval Kremniy vodiysida hamma go'yoki startap katta kompaniyaning kichik versiyasidek, biznes-reja tuzardi. The Startup Owner's Manual: The Step-By-Step Guide for Building a Great…



manba

“Daryo” va StartupFactory.uz startaplar haqida yangi loyihani boshladi

15/10/21 11:55

“Daryo” va StartupFactory.uz startaplar haqida yangi loyihani boshladi

"Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan "Startaplar" deb nomlangan yangi rukn pul ishlab topishi mumkin bo'lgan yangi loyihani qanday boshlashga bag'ishlanadi. Bunday yangi loyihalarni startap deb ataymiz. Startaplar haqiqiy biznesga aylanganicha yo'q. Ushbu rukndagi maqolalar yordamida har bir kishi o'z startapini, o'zining bo'lajak biznesini boshlashi mumkinligi haqidagi g'oyaga qiziqtirishni istaymiz.Rossiyalik investor Arkadiy Moreynis