10-dars - Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).

Yuqoridagi «while» sikl operatorida, agar shart yolg'on bo'lsa, sikl umuman ishlamasligini ko'rib o'tdik. Agar shart yolg'on bo'lsa ham, sikl tanasidagi operatorlar bir marotaba bajarilishi kerak bo'lsa, «do-while» sikl operatoridan foydalanamiz. Bu operatorda oldin operatorlar bajariladi, so'ng siklga qo'yilgan shart tekshiriladi. Shu sababli sikl tanasi kamida bir marotaba ishlaydi. Bunday siklni «sharti keyin tekshiriladigan» sikl deyish mumkin.

Ifoda:

  1. do{
  2. //code to be executed
  3. }while(condition);


«do-while» dan ham odatda ketma-ketlik tartibi doimiy bo'lmagan va bir marta bo'lsa ham amal bajarilishi kerak bo'lgan hollarda foydalaniladi.

public class MainClass {
     
    public static void main(String[] args) {
     
    int limit = 20;     
    int sum = 0;     
    int i = 1;          
    do {
        sum += i;
        i++;     
    } while (i <= limit);  
     
    System.out.println("sum = " + sum);     
    }
}

Natija:

sum = 210

1 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni ekranda chiqaruvchi dastur

Natija:

1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
public class DoWhileExample {
     
    public static void main(String[] args) {
     
        int i=1;     
        do{     
            System.out.print(i+",");     
        i++;     
        }while(i<=10);     
    }     
}

Natija:

1,2,3,4,5,6,7,8,9,10

Manba:


Gayratjon

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!