3-dars - Javada oddiy dastur.

3-dars - Javada oddiy dastur.

Eng birinchi oddiy dasturimizni yaratish uchun talab qilinadigan dasturlar
• JDK o'rnatiladi agar bo'lmasa, ( JDK ni yuklab oling va uni o'rnating) download the JDK and install it.
• dasturlash muhiti eclipse yoki netbeans
• java dasturi yaratiladi
• dasturni compile (kompayl) qilinadi

class Simple{
public static void main(String args[]){
System.out.println("Hello Java");
}
}

Ekranda: Hello Java

class javada kalit so'z Simple klass nomi
public – murojaat huquqi
java dasturlash tilida 4 ta murojaat huquqi bor
1. public – biz yaratgan loyihamizda xohlagan paketdan murojaat qilishimiz mumkin
2. protected – faqat yaratgan paketimizdan murojaat huquqi
3. private – faqat klass ichida murojaat huquqi
4. default – boshlang'ich huquq

static - bu yaratgan funksiyamiz umumiyligini bildiradi;
void - bu funksiya qiymat qaytarmasligini bildiradi.
Dasturlashda funksiyalar ikki xil bo'ladi:

  • qiymat qaytardigan;
  • qiymat qaytarmaydigan void funksiyalar.

main – dastur ishlashi bilan main funksiyasiga murojaat qiladi

Foydalanish mumkin bo'lgan main funksiya ko'rinishlari:
1. public static void main(String[] args)
2. public static void main(String []args)
3. public static void main(String args[])
4. public static void main(String… args)
5. static public void main(String[] args)
6. public static final void main(String[] args)
7. final public static void main(String[] args)
8. final strictfp public static void main(String[] args)

Foydalanish mumkin bo'lmagan main funksiya ko'rinishlari:
1. public void main(String[] args)
2. static void main(String[] args)
3. public void static main(String[] args)
4. abstract public static void main(String[] args)

Compile (kompayl) vaqtida java fayl baytkodga o'giriladi

Dastur bajarilish vaqtida sodir bo'ladigan jarayonlar

Runtime vaqtida nima sodir bo'ladi?

runtime vaqtida quyidagi qadamlar sodir bo'ladi

  • Classloader : JVM (Java virtual mashinasi) ning quyi tizimi hisoblanadi va class fayllarni yuklash uchun ishlatiladi;
  • Bytecode Verifier: obyektga murojaat qilishdagi qonunlarni buzilmaganini kod qismlari uchun tekshiradi;
  • Interpreter: baytkodni o'qib ko'rsatmalarni amalga oshiradi.
Manba:


Rayimjonov G'ayratjon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!