4-dars - JDK, JRE va JVM farqlari.

4-dars - JDK, JRE va JVM farqlari.

JVM (Java Virtual mashinasi)

JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl kompilyator yordamida baytkodga o'giriladi va JVM yordamida mashina tiliga aylantiriladi. Bu degani JVM qaysi platformaga tegishli bo'lsa, kodlarni ham o'sha platformaga moslab beradi.
JVM ni ko'pgina qurilmalar va dasturiy ta'minotlar uchun ishlatish mumkin. Har bir OT(operatsion tizim) uchun JVM JRE va JDK lar konfugratsiyasi farq qiladi, chunki bular platformaga bog'liq. Lekin java mustaqil platforma hisoblanadi.
JVM ning amalga oshiradigan asosiy vazifalari
Loads code(kod yuklanishi)
Verifies code(kod tekshirilishi)
Executes code(kod bajarilishi)
Provides runtime environment(dasturni bajarilish muhitini ta'minlash)

JRE (Java bajarilish muhiti)
JRE – Java Runtime Environment
JRE – bu faqat dastur bajarilishi uchun kerak bo`lgan muhit xolos. Dasturchi bo`lmagan oddiy foydalanuvchilarga Java dasturlari bajarilishi uchun JRE yetarlidir.

JDK – Java Development Kit (Java dashturlash uskunasi)

JDK = JRE + dasturlashga oid qo`shimcha uskunalar. Bu esa dasturchilarga kerak. Formuladan ko`rinib turibdiki, JDK ning hajmi JRE'dan katta bo`ladi. U bir marta ko`chirib o`rnatiladi xolos.

Manba:


Rayimjonov G'ayratjon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Rayimjonov G'ayratjon


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!