№6 dars - Linuxning asosiy buyruqlari

Linux operatsion tizimi kundan-kunga rivojlanib bormoqda va ko'pchilik bu tizimni o'rganishga harakat qilishmoqda. O'rganishni endi boshlaganlar uchun, bu tizimni o'rganish biroz qiyin ko'rinishi mumkin, lekin unday emas. Bu tizim, windows tizimidan keskin farq qilgani uchun, windows foydalanuvchilari linux bilan ishlaganda ko'p noqulayliklarni his qilishmoqda(keyin ko'nikib ketishmoqda.. Kerak bo'lgandan keyin ko'nikadide).

Hozirgi kunda, linux tizimining juda chiroyli grafik ko'rinishlari chiqib ketgan va grafika orqali barcha ishlarni amalga oshirish mumkin bo'lmoqda, bu albatta yaxshi, lekin grafik ko'rinishlar bir hil emas. Barcha distibutivlarda grafik interfeys xar hil qilib yaratilgan, bu esa biror distributivda ishlagan foydalanuvchi boshqa distributivga o'tganda yuklatilgan vazifani bajarishga qiynalmoqda.

Linux operatsion tizimi, bir necha distributivlarga ega bo'lib, ularning tashqi ko'rinishlari bir-biridan farq qiladi, lekin asosi yagona hisoblanadi. Asos yagona bo'lgani uchun bu tizimda ishlovchi buyruqlar bir hildir. Bu degani, agar siz linux buyruqlarini yaxshi bilib olsangiz, istalgan distributivda bemalol ishlay olasiz. To'g'ri, ba'zi buyruqlar distributivga qarab o'zgarishi mumkin, lekin bular juda kam.

Bu tizimda, buyruqlarni yozishda katta kichik harflarga e'tiborliroq bo'ling, linuxda katta-kichik harflar farqlidir.

Bu maqolamda operatsion tizim ma'lumotlarini ekranga chiqaruvchi buyruqlar bilan tanishtirib o'taman. Bu buyruqlar haqida to'liq ma'lumotlarni linux ning "man" buyrug'i orqali olishingiz mumkin bo'ladi. Misol uchun:

man fdisk

Demak, tizim haqida ma'lumot beruvchi asosiy buyruqlar bilan tanishamiz:

—————————————————————————————————————

grep MemTotal /proc/meminfo — Doimiy xotira haqida ma'lumot olish(RAM).

grep SwapTotal /proc/meminfo — Swap haqida ma'lumot olish.

free — Swap va RAM xotira haqida umumiy ma'lumot olish.

df — Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma'lumot olish.

date — Hozirgi vaqt va kunni chiqarish.

cal – Hozirgi kalendarni ko'rish. cal 2007 terib 2007 yilning kalendarini chiqarish mumkin bo'ladi.

w – online bo'lib turgan foydalanuvchilarni ko'rish.

whoami – ishlab turgan foydalanuvchi nomini ko'rish.

finger user – user nomli foydalanuvchi haqida ma'lumot olish.

cat /proc/cpuinfo – protsessor haqida ma'lumot olish(CPU).

whereis app — app dasturi qayerda joylashganini ko'rish.

cat /etc/issue – operatsion tizim versiyasini bilish.

uname –r – kernel(yadro) versiyasini bilish.

setup – tizimni sozlash oynasini ochish.

hostname – operatsion tizim nomini bilish.

df -k /home — /home katalogi hajmini ko'rish.

fdisk l – tizimdagi barcha disklarni ko'rish.

ps –ef | grep user – user nomli foydalanuvchi ishga tushirgan prsesslarni ko'rish.

uname –m yoki arch – kompyuter arxitekturasini ko'rish.

dmidecode –q — SMBIOS/DMI haqida ma'lumot olish.

cat /proc/mounts – montirovka qilingan fayl tizimlarini ko'rish.

—————————————————————————————————————

Tizim haqida ma'lumotlarga ega bo'lib oldik, endi tizimni to'xtatuvchi buyruqlar bilan tanishib chiqamiz.

shutdown -h now yoki init 0 yoki telinit 0 — tizimni to'xtatish

shutdown -h hours:minutes & — belgilangan vaqtda tizimni to'xtatish

shutdown –c – belgilangan vaqtda tizimni o'chirish vazifasini bekor qilish

shutdown -r now yoki reboot – tizimni qayta yuklash(perezagruzka)

logout – tizimdan chiqish

—————————————————————————————————————

Keyingi maqolalarimda boshqa buyruqlar haqida ma'lumot berib o'taman. Buyruqlarni barchasini esda saqlab qolish shart emas, faqatgina asosiylarini bilib olish kifoya qiladi. Qolganlarnini esa yon daftarcha tutib, yozib yurish foydali hisoblanadi.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!