Amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo’yicha maslahatlar

"Amaliyotchi Dasturchilar"(Pragmatic Programmers) kitobidan olindi.

Andrew Hunt va David Thomas tomonidan. Mualliflik Huquqi 2000, Addison Wisley.

Biz dastlab Amaliyotchi Dasturchilarni 1999 yilda qayta yozganimizdan beri band bo'ldik. Bizni yozgan yoki chop qilgan oxirgi kitoblarimizni hammasini ko'rdingizmi?

Agility'dan Ruby on Rails gacha, loyihalarni boshqarishdan sizning faoliyatingizdagi xatoni tuzatishgacha, biz sizning dasturingizni yuqori ko'rsatkichda saqlab qolish uchun ko'pgina nomlarga ega bo'ldik.

– Andy va Dave

Hamma nomlarni ko'rib chiqing
Turkum bo'yicha ko'rib chiqing

Amaliy Dasturiy ta'minot Ishlab chiqish bo'yicha Maslahatlar

Qo'l-mehnatingiz haqida e'tiborli bo'ling
Agar ishingizni yaxshi bajarish haqida e'tiborli bo'lmasangiz, nimaga hayotingizni dastur ishlab chiqish bilan o'tkazyapsiz?

Tanlovlar taqdim qiling, qoniqarsiz bahonalar keltirmang.
Bahonalar o'rniga imkoniyatlar bilan ta'minlang. Uni amalga oshirib bo'lmaydi deb aytmang. Nimani amalga oshirish mumkinligini tushuntiring.

O'zgarishlar uchun katalizator(jarayonni tezlatuvchi) bo'ling
Odamlarni kuch bilan o'zgartira olmaysiz. Buning o'rniga, ularga kelajak qanday bo'lishini ko'rsating va uni yaratishda ishtirok etishda yordam bering.

Muammoning sifat talablarini tayyorlang
Loyihaning haqiqiy sifat talablarini aniqlashda foydalanuvchilaringizni jalb eting.

O'qiganingiz va Eshitganingizni Tanqidiy Tahlil qiling
Sotuvchilar, ommaviy axborot vositalari va tahminlardan ta'sirlanmang. O'zingiz va loyihangizdan kelib chiqib ma'lumotlarni tahlil qiling.

O'zingizni takrorlamang
Bilimning har bir bo'lagi tizim doirasida yagona, bir ma'noli, ishonarli taqdim etilishi kerak.

Bog'lanmagan narsalar orasidagi ta'sirni bartaraf qiling
Alohida, mustaqil va yagona, yaxshi aniqlangan maqsadga ega tarkibiy qismlarni loyihalashtiring.

Maqsadni aniqlashda o'q belgilardan foydalaning
O'q belgilar sizga narsalarni sinab ko'rish va ularning yerga qancha yaqinligini ko'rish orqali maqsadingiz tomon yo'l ko'rsatadi.

(davomi bor)

Manba:

dasturchi maslahat progmatic ruby 30-Oktabr 00:44 1142

JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!