"Android uchun Firefox"ning 37-beta versiyasiga o‘zbek tili qo‘shildi

Mozilla veb sahifasida bugun "Android uchun Firefox"ning 37-Beta versiyasiga o'zbek tili qo'shilganligini o'qib qoldim.


Bu men uchun ushbu oyda 2-xushxabar bo'ldi. Yaqinda "Mozilla Firefox"ning kompyuter versiyasi e'lon qilinganligini sahifamda

aytib o'tgandim. "Mozilla Firefox" xodimlari menga 37-versiyaga yoki

38-versiyaga o'zbek tilini qo'shish mumkinligini tanlashimni

aytishgandi. Men 37-versiyaga qo'shishlarini so'ragandim va ularning

shartlariga rozi bo'lgandim. Mana, Allohga shukur, Beta versiyaga

qo'shilibdi. Yaqinda "Android uchun Firefox Aurora" versiyasini

ko'rib chiqqandim. Anchagina xatolarini to'g'rilagandim, lekin Beta

versiyasi bilan ham yaxshilab tanishib chiqishim kerak. Hozircha

telefonimga o'rnatishga ulgurmadim. Ucell'ning tungi traffigidan

foydalanib, tekinga o'rnatib olmoqchiman. Ha, aytgancha "Firefox"ning

ushbu versiyasiga "O'qish usuli" qo'shilgan. Ya'ni birota sahifani o'qimoqchi bo'lsangiz, lekin shoshib turgan bo'lsangiz, keyinroq o'qish uchun "O'qish ro'yxati"ga qo'shib qo'yishingiz mumkin, Keyinroq uni xohlagan vaqtingizda internetga ulanmasdan ham o'qib chiqishingiz mumkin bo'ladi.

Qisqasi, hozircha sinab ko'rmadim. Keyinroq yuklab olsam, ekran rasmlarini sizlar bilan baham ko'raman, xudo xohlasa.

Manba:

android firefox 10-Mart 10:49 1097

texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!