Android uchun "Messenger for Pokemon GO" o'yin vaqtidagi muloqot uchun!

Pokémon GO o`yinini do`stlar bilan o`ynash unga bo`lgan qiziqishni yanada orttirishi turgan gap. Jamoaviy o`yin chog`ida esa xabar almashish eng kerakli amallardan biri hisoblanadi. Messenger for Pokémon GO ushbu muammolarni bartaraf etgan holda o`yin vaqtida do`stlaringiz bilan xabar almashish imkonini taqdim etadi.

Pokémon GO joriy yoz mavsumining eng shov-shuvli voqeasiga aylangani hech kimga sir emas. O'yinning asosiy hususiyatlaridan bo`lgan noodatiy o`yin uslubi bilan birga jamoa tuzib o`ynash ham ancha mashxur hisoblanadi. Jamoaviy o`yinda ishtirokchilar o`yin ekranida do`stlarining faqatgina avatarlarinigina (kichik rasmchalar) ko`ra oladilar holos va do`stlar bilan suhbat qurishning iloji yo`q.

Shu kungacha o`yin foydalanuvchilari do`stlarining joylashuvini ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Telegram) orqali bilib olar edi, lekin bu amallar dasturdan dasturga o`tishda bir qancha noqulayliklar keltirib chiqarardi.

Messenger for Pokémon GO dasturining asosiy ustunliklaridan biri u orqali o'yin jarayoni hech qanday tanaffuslarsiz davom etish imkonini beradi. Endi do`stlaringiz bilan xabar almashish uchun dasturdan-dasturga o`tishingiz shart emas. O`yin ekranining yuqori qismida shaffof maydon ichida xabarlarni o`qishingiz, xabar yuborishingiz va turgan joyingizni ulashishingiz mumkin.

Messenger for Pokémon GO dasturi rekord darajadagi qisqa vaqt ichida ishlab chiqilgan bo'lib, o`yin dunyo yuzini ko`rishiga bir xafta bo`lmay siz uchun o`z xizmatlarini taklif qilmoqda. Messenger for Pokémon GO dasturini Android 4.0.3 va undan yuqori talqinda ishlovchi smartfonlar uchun ushbu havola orqali bepul (TAS-IX) yuklab olishingiz mumkin.



pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!