Android uchun Prisma dasturining rasmiy talqini!

Esingizda bo'lsa bir necha kun avval sizlarga Prisma dasturining Android moslamalariga mo'ljallangan test talqini haqida xabar bergan edik. Bugun esa e'tiboringizga Prisma dasturining rasmiy talqini taqdim etmoqchimiz. Yuklab Oling!


Prisma o'tgan oylarda iOS moslamalari uchun mo'ljallangan dasturlar ichida juda katta mashxurlikka erishgan edi. U rasmlarga ajoyib effektlar berganligi sababli barchada juda katta qiziqish uyg'ota oldi.

Albatta, Prisma bunday turdagi dasturlarning birinchisi emas. Biz rasmlar bilan ishlovchi juda ko'plab dasturlar va xaizmatlardan foydalanganmiz. Lekin hamma gap sifatda. Prisma yordamida haqiqatga yaqin rasmlarni qo'lga kiritishimiz va bu rasmlar qo'l mehnati ekanligiga ishonishimiz qiyin.


Android uchun mo'ljallangan Prisma dasturi ham iOS uchun mo'ljallangan talqini bilan bir xil. Tez orada dastur mualliflari bunday effektlarni videolarda qo'llash imkoniyatini qo'shishga va'da berishmoqda. Agar shunday bo'lsa, ana o'shanda ko'rasiz haqiqiy mashxurlikni!

Eslatib o'tamiz, ushbu dastur foydalanuvchilarini ko'pligini inobatga olgan holda, Prisma serverlarida rasmlarni qayta ishlash vaqtida bir nechta muammolar yuzaga kelishi mumkin.


pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 6

texnoman
texnoman
Android baribir iOSdan sal kechroq yuradida
WebStyle
WebStyle
Zo'r bo'libdiku)
WinStyle
WinStyle
nimagadir manda ishlamadi.
WebStyle
WebStyle
play marketdan ko'chirdilarmi?
WinStyle
WinStyle
ha play marketdan. Huddi betadaka kabi ishladi, ya'ni umuman ishlamadi...
Mirshohid
Mirshohid
Trashboxda chiqudi birinchi. Keyin PM da chiqgan bo`lsa kerak. Faqat online ishlarkan! 4.2+ versiya android shu qachon offline narsalar ham chiqarkina!!!
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!