yangi

AngularJS. $http servisi bilan ishlash

AngularJS. $http servisi bilan ishlash

Salom hammaga. Bugungi maqolada nihoyat servislar bilan ishlab ko'ramiz. $http servis bilan ishlaymiz.

AngularJSda $http servisi HTTP protokoli orqali so'rovlar yani request lar jo'natish uchun ishlatiladi. $http servisi orqali HTTP protokolidan:

  1. GET
  2. POST
  3. PUT
  4. DELETE

turdagi so'rovlar jo'natish imkoniyatini beradi. Misol uchun biron bir manzilga GET so'rov jo'natish:

$http.get('/bironbirManzil').success(function(data, status, config, headers, statusText) { 
// manzil yani URLga so'rov amalga oshirilganda bajariladigan kodni shu yerga yozasiz
}).error(function(data, status, config, headers, statusText) {
// urlga so'rov amalga oshirilmagan bajariladigan kodni shu yerga yozasiz
});

bu kodda $http.get() orqali URLga so'rov jo'natamiz.Keyin success() callback orqali hamma narsa amalga oshirilgan nima bo'lishini yozamiz, error() callback orqali error yani URLga so'rov amalga oshmaganda nima bo'lishini ko'rsatamiz.

Bularning barchasi callback orqal yoziladi.

Ana endi haqiqiy misolda ko'rib chiqamiz. Avval index.html, bilan app.js fayllarini yarating.

app.js:

var myApp = angular.module('myApp', []);
myApp.controller('MainCtrl', function ($scope, $http) {
    $http.get('http://siteUrl/test').success(function(data, status) {
        $scope.posts = data;    
    }).error(function(data) {
        $scope.posts = data;
        alert('Ma`lumotlar olinmadi'); 
    });
});

index.html:

<html ng-app="myApp">
     <head>
        <title>AngularJS servislar</title>
        <script src="https://ajax.googleapis.com/ajax/libs/angularjs/1.4.3/angular.min.js"></script>
        <script src="app.js"></script>
    </head>
    <body ng-controller="MainCtrl">
        <ul>
            <li ng-repeat="post in posts">
                {{post.name}}
            </li>
        </ul>
    </body>
</html>

app.js http://siteUrl/test urlga get so'rov jo'natadi keyin urldagi response yani natijani posts $scopega yozadi. Index.html esa ng-repeat direktivi orqali natijanilarni chiqaradi.

angularjs $http servis 7-Avgust 11:20 1138

Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 1

WebStyle
WebStyle
Savollar bo'lsa marhamat
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!