AngularJSda direktivlar. #1-qism
Salom. Bugun AngularJSdagi asosiy tushunchalar ma asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz.
Direktivlar
np-App - Angularda eng asosiy direktiv bo'lib, Angular dasturni boshlanish qismini bildiradi. Agar ng-app direktivi yozilmagan bo'lsa, unda angular ishlamaydi. Angularda yaratilgan modullarni nomi ham shu direktiv ichiga yoziladi. ng-app direktivi HTML teg ichiga attribut sifatida yoziladi. Odatda u HTML tegining ichiga yoziladi. Masalan
<html ng-app> ... </html>
ng-model - modelni ishlatish uchun ishlatiladi. Bironta modelga qiymat berish uchun ishlatsa bo'ladi. Masalan input tegiga model qo'shib ko'ramiz va natijani chiqaramiz
<input type="text" ng-model="text"> {{text}}
ng-controller - Angulardadagi eng asosiy direktivlardan biri shu hisoblanadi. Bu direktiv orqali qaysi kontrollerdan foydalanishimiz kerakligi yoziladi. Masalan bironta div tegining ichidagi elementlar TestController nomli kontrollerga tegishli bo'lsa demak kodimiz bunday bo'ladi:
<div ng-controller="TestController"> TestController </div>
ng-click - bu direktiv biron-bir elementga bosilganda bajarilishi kerak bolgan narsalar yoziladi. Masalana funksiyalar
<a ng-click="myFunction()"> Funksiyani ishga tushurish </a>
ng-bind - bu orqali scopedagi ma'lumotlarni chiqarsa bo'ladi. Masalan scopedagi ma'lumotlar {{list}} bo'lsa ng-bind orqali esa mana bunday bo'ladi;
<span ng-bind="list"></span>
ng-show - bu direktiv elementning ko'rinishi yoki ko'rinmasligini bajaradi. Masalan bironta elementning modelini qiymati false bo'lsa ko'rinmaydi, agar model true olsa element ko'rinadi.
ng-hide - bu direktiv ng-show direktivining teskarisi. Agar model true bo'lsa element ko'rinmaydi. Agar false bo'lsa ko'rinadi.
Birinchi bo‘ling!