AngularJSda direktivlar. #2-qism
Salom. AngularJSda direktivalar bilan tanishishni davom etamiz.
ng-change - bu direktiv orqali modelning qiymati o'zgartirilgandan ng-change ishga tushadi. ng-change ichida funksiya yoki biron-bir ifodani ko'rsatish mumkin. Masalan:
<input type="text" ng-model="modelName" ng-change="ifoda()" />
Agar formaga ma'lumot kiritilsa yani modelName yangi qiymat olsa, ifoda() funksiyasi ishga tushadi.
ng-checked - checkboxni modeliga qarab bosilgan yoki bosilmagani tekshiradi.
<label>Model orqali checkbox <input type="checkbox" ng-model="master"></label> <input id="checkSlave" type="checkbox" ng-checked="master" aria-label="Slave input">
ng-class - html tegning css klassini o'zgartirish uchun model orqali qo'llaniladi. Masalan:
<input id="setbtn" type="button" value="set" ng-click="myVar='my-class'"> <input id="clearbtn" type="button" value="clear" ng-click="myVar=''"> <span class="base-class" ng-class="myVar">Matn</span>
Bu yerda biz ikkita tugma yasadik. Birinchi tugma matnimizga "my-class" css klassini qo'shish uchun, ikkinchi tugma orqali esa matndagi csss klassni olib tashlash uchun.
ng-copy - forma ichidagi ma'lumot buffer hotiraga ko'chirilgan yoki ko'chirilmaganini aniqlaydi.
<input ng-copy="copied=true" ng-init="copied=false; value='copy me'" ng-model="value"> copied: {{copied}}
ng-cut - forma ichidagi ma'lumot kesilb olinga(cut)ni aniqlaydi
<input ng-cut="cut=true" ng-init="cut=false; value='cut me'" ng-model="value"> cut: {{cut}}
ng-dblclick - sichqoncha orqali ikki marta bosilganda bajariladi.
<button ng-dblclick="count = count + 1" ng-init="count=0"> Increment (on double click) </button> count: {{count}}
Hozircha shu direktivlar bilan tanishdik. Direktivlar haqida to'liq ma'lumot uchun: https://docs.angularjs.org/api/ng/directive/
Keyingi maqolada servislar bilan ishlashni ko'rib chiqamiz.
Birinchi bo‘ling!