Apkpure.com sayti Google Play'dan yaxshiroqmi?

Apkpure.com sayti Google Play'dan yaxshiroqmi?

Bugunga kelib asta sekinlik bilan smartfonlar to'laqonli telefon foydalanuvchilari orasida o'zining monopol hokimiyatini o'rnatmoqda. Bir vaqtlar 3-qavatdan tashlab yuborishganida ham "omon qoladigan" maxsus tugmalar bilan ishlovchi telefonlarni hozirda uchratish juda qiyin. Eng qiziq tomoni, hali xonadonlardan uy telefonlari foydalanishdan chiqmay turib, biroz avval undan ustun ko'rilgan telefonlar IT muzeylardan joy olishga yaqin turibdi. Xitoylik yangi brendlar aqlli gadjetlar bozorida o'z hukmini o'tkaza boshlagandan beri narxlar ancha pasayib, hamyonbop bo'lib bormoqda. Endilikda raqobatbardoshligini saqlab qolganlar "kim ko'p kamera o'rnatish" poygasini boshlab yuborishdi. Juda g'alati va qo'pol ko'rinish tobora odatiydek qabul qilinayapti. Dizayn borasida umumiy qolipga tushib bo'lindi. Batareyasini olish va oddiy qo'l harakati bilan almashtirish mumkin bo'lgan telefonlar ham borgan sari tarixga aylanmoqda.

Google tizimida ishlovchi smartfonlar dasturlar yuklab olish va o'rnatishda xuddi operatsion tizimda bo'lgani kabi Google Play dasturidan foydalanishadi. Sifat va taqdim etilayotgan xizmatlar ko'lami bo'yicha unga teng keladigani yo'q. Biroq bir jihat borki, "apkpure.com" saytini qulayroq deya ta'kidlashga undaydi. Google Playda qidiruvga berilgan va tanlangan "programma" faqat bir marotaba o'rnatiladi. Aytaylik, siz ehtiyotsizlik tufayli ulardan birini o'chirib yubordingiz. Bu holatda siz qaytadan uni yuklashingizga to'g'ri keladi. Bu ortiqcha mablag' va vaqt sarf etiladi deganidir. "Apkpure.com" saytida esa siz avval tanlagan dasturingizni ichki xotiraga yuklab, undan so'ng bosh menyuga o'rnatasiz. O'chirib yuborgan taqdiringizda ham qayta "downloads" papkasiga kirasiz va qayta o'rnatasiz. Bu saytda Google Playda topishingiz mumkin bo'lgan har qanday dasturni topa olasiz. Lekin sayt "Google" kompaniyasi bilan bog'lanmagan va hech qanday aloqa olib bormaydi. Bu veb sayt 2014-yilda tashkil etilgan bo'lib, qisqa muddat ichida mana shu sanoatning eng yetakchilaridan biriga aylandi. U qulay, xavfsiz va oson foydalanilishi bilan ajralib turadi. Yana bir ajralib turadigan tomonlaridan biri - bu saytda har qanday dasturning barcha yillarda ishlab chiqarilgan variant va versiyalarini taqdim eta oladi. Smartfoningiz texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib o'zingizga mos dasturga xohlagan vaqtda ega bo'lishingiz mumkin. Sayt egalari barcha operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga kafolat beradi. Hoziroq sinab ko'ring! Aslo afsus chekmaysiz.

Mansurbek Ne'matov


Ne'matov Mansurbek Ismoil o'g'li - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Ne'matov Mansurbek Ismoil o'g'li


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 2

Axrorxoja
Axrorxoja
Ha apkPure yaxshi qachonki sizda Google Play(GP) bo'lmasa ln hozirgi paytda ham dasturchi sifatida ham user sifatida GP siz telefonni tasavur qilish Lekin shuni takidlash joizki ApkPure hech qanaqasiga GP ga alternative bo'la olmaydi yoki u bilan solishtirish noto'g'ri Agar uni qulayligi sifatida sizda apk ni qolishini aytadigan bo'lsak bu judayam ortiqcha ish Chunki sizning telefoningizda bu siz ham sizda o'rnatilgan apk lar saqlanadi uni yana duplicate qilish shartmikan Va xafsizlik nuqtai nazaridan siz UnKnown source dan apk o'rnatish bu judayam hafli ApkPure faqat trafikni muammo bo'lgan holatlarda yordam berishi mumkin ln siz GP orqrali ham dasturni o'rnatib so'ng ixtiyoriy file manager yoki shareIt orqali apk ni olishingiz mumkin
wedeuz
wedeuz
"Aytaylik, siz ehtiyotsizlik tufayli ulardan birini o'chirib yubordingiz." Foydalanuvchi ehtiyotsizlik bilan APKPure'dan yuklangan dasturlarni ham o'chirib yuborishi mumkin. Masalan turli xil cleaner'lardan foydalangan holda. Ularning ko'pchiligi download papkasi va o'rnatilgan dasturlar apk'sini xotirada joy bo'shatish uchun o'chirib tashlaydi. Cleaner'lardan qarab aql bilan foydalana oladigan inson esa , ehtiyotsizlik bilan o'ziga kerakli dasturni o'chirib tashlamaydi) Agar kimdadir Google Play ishlamasa APKPure foydali. Aytgancha apkpure'ni o'zining dasturi borligi haqida yozmapsiz. P.S: Birinchi abzatsdan umuman foyda yo'q! Agar sizga shunchalik apk saqlash kerak bo'lsa bepul backup dasturlar yetarlicha topiladi.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!