yangi

Atom va Golang!

Atom va Golang!

Atom - juda qulay va zamonaviy matn muharrirlaridan biri hisoblanadi. Golang esa yangi va tez rivojlanayotgan dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Bu maqolada Goni o'rnatish yoki atomning klavishlarni ishlatish haqida yozmayman, bu juda zerikarli va bemalol o'zingiz o'rganib olishingiz mumkin! Bu maqolada Go dasturlash tilida Atom qanchalik yordam berishi va uning qanaqa imkoniyatlari borligi haqida yozaman. Atom uchun kerakli pluginlarni review qilaman desam ham bo'ladi.

Eng avvalo o'zim uchun kerakli, bu pluginsiz umuman kod yoza olmayman chunki men Vim ishlataman. Atomni ham vim kabi ishlatish mumkin, huddi konsolday emas, balki vim klaviaturasiday. Demak atom uchun birinchi plugin:

1. vim-mode

Agar siz vim ishlatmasangiz, bu plugin sizga kerak emas!

2. go-plus

go-plus Atomdagi eng yaxshi pluginlardan biri bo'lib, Go bilan ishlash uchun ajoyib va qulay plugin. Bu plugin bir necha pluginlarni o'z ichiga oladi. go-plus o'rnatganizda, qo'shimcha pluginlarni o'zi ko'chirib oladi. Agarda qo'shimcha pluginlar qandaydir muammo bilan ko'chirilmasa, ularni o'zingiz o'rnatib chiqishingiz mumkin.

3. autocomplete-go

Har doim hammaga kerak bo'lgan Autocomplete. Bu plugin faqat siz ochib turgan fayldan emas, balki Goning standart paketlaridan, o'zimiz yozgan boshqa fayldagi paketlardan autocomplete qila oladi. IDElardan umuman qolishmaydi.

4. gofmt

Kod save qilinganida: gofmt, goimports va goreturns ishga tushuriladi! Bu isturmentlar nima qilishini Gochilar yaxshi bilishadi :)

5. builder-go

Bu plugin kodni kompilyatsiya qilish uchun, quyidagi buyruqlarni ishga tushuradi:

  • go install . (oddiy .go fayllar uchun)
  • go test -o {tmpdir} -c . (_test.go testlarni ishga tushurish uchun)

6. gometalinter-linter

Go Meta Linterni ishga tushuradi. Uning vazifasi sintaktis xatolarni ko'rsatib turish uchun.

7. navigator-godef

Bu plugin kod bo'yicha navigatsiya qilish uchun juda qulay, masalan biron paket ichida yaratilgan funksiyaga o'tish uchun Ctrl+ALt+G bosish kerak. Buni godef yordami amalga oshiradi.

Ctrl+Alt+G:

8. gorename

gorename orqali, identifikatorlarni nomini o'zgartirish uchun ishlatidi.


9. terminal-plus

Albatta atom ichida terminal ishlatish uchun :)

Shunday qilib Golang bilan ishlash uchun ajoyib muhitga ega bo'ldik :)

golang atom 18-Iyun 10:33 1533

Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Qiziq bo‘ladi:


Fikrlar 1

star
star
bu dasturlash tili orqali qanday dasturlar yarata olamiz
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!