Atom va JavaScript(Frontend)!

Atom va JavaScript(Frontend)!

Salom Atomga endi JavaScript, umuman olganda frontend bilan ishlash uchun kerakli pluginlarni ko'rib chiqamiz! Oldingi Golang haqidadagi maqola kabi kerakli pluginni nomi va uning tasnifini yozib boraman.

1. atom-beautify

JavaScript, HTML, CSS kodlarni formatlash uchun kerak bo'ladi. Tartiblash(formatting) uchun tablar ishlatiladi! Agar Siz kodni tartiblashda tabulyatsiya ishlatsangiz, bu plugin siz uchun. Tartiblash uchun Ctrl+Alt+b

2. atom-ternjs

ternjs yordamida JavaScript uchun autocomplete:

Avval Siz ternjsni o'rnatib olishingiz kerak, buning uchun terminalda:

npm install -g tern 

keyin Atom orqali Packages -> Atom Ternjs -> Configure Project menyusiga kiramiz. ecmaVersionda JavaScriptimizda ishlatmoqchi bo'lgan ECMAScript versiyasini tanlaymiz. libsda browserni tanlaymiz.

loadEagerly - bu o'zimiz yozgan va autocomplete ishlatmoqchi bo'lgan jslar joylashgan manzilni ko'rsatish uchun. U yerga o'zimiz yozgan jslarni ko'rasatamiz, masalan foo papkaning ichidagi, bar papkadagi barcha jslarni autocompletega qo'shish uchun: foo/bar/*.js.

dontLoad - esa autocomplete ishlatmoqchi bo'lmagan jslarni ko'rsatish uchun. Undan so'ng esa SAVE & RESTART SERVER tugmasini bosamiz. Shunda loyihamizda .tern-project fayli paydo bo'ladi, bu faylda tern uchun barcha sozlamalar va autocomplete ishlatmoqchi bo'lgan pluginlarimiz ko'rsatiladi. Masalan nodejs, angularjs va boshqalar.

3. atom-jshint

JSHint yordamida JavaScriptni validatsiya qiladi, sintaksis xatolarga tekshiradi.

4. color-picker

CSS ichida rang tanlash uchun juda qulay plugin.

5. pigments

kodning ichida ranglarni ko'rib turish uchun.

6. gulp-manager

gulp tasklarni Atom yordamida boshqarish uchun ajoyib plugin

Qolgani esa frontend bilan ishlash uchun Atomning o'zining imkoniyatlari yeratarli!

Good Luck!


Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!