Bir MVP (minimal ishchi mahsulot) hikoyasi

O'tgan maqolada minimal yashovchan mahsulot nima ekanligi haqidagi nazariyani gapirib bergandik. Endi esa rossiyalik investor Arkadiy Moreynisning MVP mohiyatini sodda qilib tushuntirib beruvchi hikoyasini keltirib o'tamiz.

"AQShlik ikki yigit odamlarga bir haftalik retseptlar to'plamini ushbu retseptlarga muvofiq yig'ilgan va o'ralgan oziq-ovqatlarni sotishni boshlamoqchi bo'ldi.

Standart startapchi nima qiladi? U, birinchi navbatda, retseptlar bazasiga ega, chiroyli va qulay interfeysli hamda tezda kengaytirishga tayyor dasturiy arxitekturali sayt yaratishga kirishadi, bu umuman olganda, bir kunlik ish emas. Sayt tayyor bo'lib, barcha asoschilar, ularning do'st va tanishlari 'tekshiruvi'dan o'tgach va 'chiroyli-chiroyli emas'ligi bo'yicha baholangach, bunday ajoyib sayt uchun reklamaga pul qidirish uchun investorlarga yo'l oladi.

Biroq bu ikki yigit nima qildi? Ular birinchi kuniyoq eng yaqin supermarketda 'soqchilik'ka turdi va yon-atrofdan o'tib ketayotgan ayollarga o'z xizmatini taklif eta boshladi: 'Keling, biz sizga har hafta retseptlar ro'yxatini tuzib, oziq-ovqatlarni sotib olamiz va ularni kesib, qadoqlab qo'yamiz. Har hafta sizga ro'yxat va oziq-ovqatlarni keltirib beramiz, siz esa bizga mana shuncha pul berasiz'.

Ular birinchi mijozni topdi, retseptlar tuzib, u uchun mahsulotlar xarid qilib, ularni to'g'ray boshladi. Ayolga har hafta oziq-ovqatlarni olib borib berib, undan fikr va baholar olar edi. O'zlari uchun xulosalar chiqarib, yana supermarketga — navbatdagi mijozni topishga chiqardi.

Mijozlar soni hamda sotib olish va to'g'rash kerak bo'lgan mahsulotlar miqdorini bajara olmay qolgunicha, yigitlar shu tarzda davom etdi. Shundan so'nggina ular sayt yaratib, jarayonni avtomatlashtirishga kirishdi.

Mana shu yo'l bilan asoschilar, amaliy mahsulotga ega bo'lmasdan turib ham, bazaviy narsalarni — odamlar ular taklif qilayotgan narsaga ehtiyoj sezadimi, ular buning uchun pul to'lashga tayyormi, yo'qmi — tekshirib ko'rdi."

Bu MVP nima ekanligini, birdaniga juda ko'plab funksiyalarga ega murakkab mahsulotni yaratish kerak emasligi, balki oddiyroq narsadan boshlash kerakligini tushunish uchun juda yaxshi misol.

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!