manba

Biznes-g‘oyani sinovdan o‘tkazish: nimadan boshlash kerak?

Biznes-g‘oyani sinovdan o‘tkazish: nimadan boshlash kerak?

G'oyalar validatsiyasi — bu taklifingizning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini tekshirish jarayonidir. Mahsulotingiz odamlar uchun manfaatlimi? Ular mahsulotingizga pul sarflashga tayyormi?

G'oyalar o'z-o'zidan biznes qiymatiga ega emas — faqat bozor sharoitlarida tekshirilgan va sinalgan, kengaytirish uchun yaroqli gipotezalargina durust.

Sinash jarayonida asosiy urg'uni mahsulotga emas, auditoriya muammolari va ehtiyojlariga berish kerak.

Ehtimol, siz umuman mavjud bo'lmagan muammoni hal qilishga kirisharsiz yoki odamlar unga boshqacha ko'z bilan qarar. Shuning uchun bunday narsalarni oldindan, auditoriya bilan muloqot qilish orqali tekshirish zarur.

Iste'molchilar fikrini intervyu, onlayn-so'rov yoki lending yaratish orqali olish mumkin. Hozircha mavjud bo'lmagan mahsulotni reklama qiladigan maqsadli sahifa ochishingiz, va konversiya ko'rsatkichlari asosida g'oya ustida ishlashni davom ettirish kerak yoki yo'qligini tushunib olishingiz mumkin.

Taklifingizni validatsiyaga tayyorlash jarayoni 5 ta asosiy bosqichdan iborat:

  1. Ko'zda tutilgan auditoriya. Bunda potensial mijozingiz kim ekanligini maksimal darajada aniq qilib belgilash kerak.
  2. Muammo. Bu bosqichda mahsulotingiz ko'zda tutilgan bozorning qanday muammosini yechishini aniq ifodalash zarur.
  3. Yechim. Mahsulotingiz mijozning muammosini aynan qay tarzda hal qilishini aniqlang.
  4. Risklar. Bu yerda g'oyangiz validatsiyasida qanday risklar bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ko'ring. Masalan, katta reklama byudjeti va biznes yuritishning kundalik xarajatlari yoki murakkab texnologik MVP.
  5. Taklif. Agar barcha bosqichlar o'tib bo'linsa, offerni ifodalab, beta-lendingni yaratishga va maqsadli trafikni sozlash (odatda bu kontekstli reklama)ga kirishish qoladi.

Ushbu bosqichlarning barchasi ishchi jadvalda keltirilgan, uni yuklab olib, bugunoq biznesingizda qo'llashingiz mumkin. Bu — g'oyani sinovdan o'tkazishning birinchi bosqichi, xolos, davomi esa bor…

Maqolani tayyorlashda quyidagi manbadan foydalanildi: http://lpgenerator.ru/

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!