Bizning qurilmalarimizni rostan kuzatishmoqdami?!

2013 yil AQSh Markaziy ravedka boshqarmasi (MRB) ning sobiq xodimi Edvard Snouden ommaviy axborot vositalari orqai AQSh MRB xizmati butun dunyo aholisini kuzatayotgani haqidagi axboroti hammani daxshatga solgan edi.

Ayniqsa, AQSh va Yevropa mamlakatlari aholisi bundan qattiq ranjidi.

Ma'lum bo'lishicha, MBR dunyoning deyarli barcha qismida yashovchi odamlarning smartfonlari, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlari va hatto televizorlariga bog'lanishi yoki ulardan chiqayotgan axborotlarni ko'chirib olishi mumkinligi ma'lum qilindi. Bundan tashqari, bu xizmatda ishlovchi xodimlar istalgan noutbuk yoki smartfonning kameralarini foydalanuvchilarning ruxsatisiz va hatto bildirmasdan ishga tushira olishlari va nima bo'layotganini ko'rib turishlari ma'lum bo'ldi. Bu rostmi yo yolg'on hozirda hech qanday rasmiy dalil yo'q.

Bu ma'lumot qanchalik rost ekanligi haqida o'z shaxsiy muloxalarimizni yuritamiz (Diqqat, sanalar va vakil nomlarida xato bo'lishi mumkin):

  • -2014 yil MRB boshlig'i o'zining OAV ga bergan intervyusida "Biz AQSh aholisining qurilmalarini kuzatmaymiz" degan gapi e'tiborni tortadi. Boshqacha qilib aytganda, AQSh faqat o'z aholisni kuzatmaydi, qolganlarni-chi?! ...
  • -Internet gigantlari – Google, Facebook va boshqalarning asosiy ofisi va qurilmalari aynan AQSh hududida joylashgan va ular ayniqsa AQShdagi biror bir siyosiy yoki iqtisodiy o'zgarish oldidan juda juda faol bo'lib qolishadi.
  • -2018 yil yozida bir guruh jurnalistlar Facebook bosh ofisiga tashrif buyurishganda tasodifan shu narsaga guvoh bo'lishgan-ki, Facebook asoschisi Mark Sukerberk noutbukining kamerasi berkitib qo'yilgan bo'lgan. Nahotki, internetning xavfsizligi haqida bong urgan odam bu kabi g'alati ishlarni qilsa? Bu bekorga emasov...

Mashhur san'atkor, aktyor, sporchi va boshqalarning nomaqbul rasmlari va sms xabarlari kutilmagan tarzda internetga chiqib ketadi. Bu rasmlar, xabarlar ularning karyerasini yer bilan bitta qilib yuboradi. Ular esa kim bu rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarga qo'yib yuborganini tushuntirib bera olishmaydi!

Savol tug'iladi, bu ma'lumotlar MRB ga nega kerak?! Tabiiyki, bu xizmat vakillari bunday kuzatuvga sabab qilib "AQShning xavfsizligi uchun" degan iddaoni olg'a surishadi. Balki bu to'g'ridir, lekin bundan boshqa maqsad ham bo'lish mumkin – biznes maqsad. Bunday kuzatuvdan yig'ilgan biznes ma'lumotlar AQShning yirik biznes kompaniyalari va korporatsiyalari rivoji uchun qo'llanilishi mumkin.

Siz hech o'ylab ko'rganmisiz, nima uchun AQSh harbiy va iqtisodiy jihatdan ko'pincha bir qadam oldinda ?

Men oddiy odam bo'lsam, meni kuzatishdan ularga nima naf?! O'ylashimcha, hamma o'zbekning miyasidan shunday fikr o'tgan bo'lsa ajab emas! Ha, boshida biz ham shunday o'ylagan edik. Lekin, teranroq o'ylab ko'rilsa oddiy farrosh ham yetarlicha ko'p ma'lumot berishi mumkin. Ya'ni, qayerda ishlashi, kimlar bilan tanishligi, tanishlari orasida taniqli odamlar bor yoki yo'qligi, oylik maoshi, harajati, farzandlari, yashash joyi va boshqalar. To'g'ri bu ma'lumotlarni harbiy sohada qo'llab bo'lmas, lekin iqtisodiy va siyosiy sohada qo'llash mumkin. Masalan, hech e'tibor berganmisiz, agarda biror bir MDH yoki Osiyo mamlakatlarida jiddiy parlament yoki prezidentlik saylovlari ro'y beradigan bo'lsa, sizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizda yoki google.com sayti qidiruv tizimida o'sha parlament yoki prezidentlik saylovlarida qatnashayotgan odamlar haqida avval siz eshitmagan ma'lumotlar paydo bo'lishni boshlaydi. Turli xil siyosatchi va boshqalarning saylanayotganlar haqidagi fikrlari reklamalar o'rnida chiqa boshlaydi. Sizningcha bu tasodifmi?

Garchi siz sizni kuzatishlaridan hech qanday naf yo'q deb hisoblasangiz ham, ular albatta bundan qandaydir manfaat ko'radi!

Nima bo'lganda ham, biz sizdan extiyot bo'lishingizni, shaxsiy ma'lumotlaringizni ijtimoiy tarmoqlarga qo'ymasligingizni va o'z ma'lumotlaringizga nisbatan beparvo bo'lmasligingizni so'raymiz!


Joker

Muallif haqida

Joker


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!