Blogning boshqa sayt turlaridan farqi yohud blogga qo’yiladigan 11 ta shart

Blogning boshqa sayt turlaridan farqi yohud blogga qo’yiladigan 11 ta shart

Oldinga maqolalarda sayt qanday turlarda bo'lishini yozib o'tdim. Shunday turlardan biri bu — Blog hisoblanadi. Blog boshqa sayt turlariga qaraganda boshqacharoq yuritiladi. Uning o'z mexanizmi, o'z menyulari bo'ladi, lekin sayt tarkibiga kiradi. Ko'pchilik savol beradi: Sayt bilan blogning nima farqi bor? mani fikrimcha bu savol sal noto'g'riroq, chunki sayt umumiy tushuncha blog uning bir qismi xolos.

Blog boshqa sayt turlaridan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.

1. Blogning birinchi(asosiy) sahifasi o'zgaruvchan bo'ladi. Yangi kiritilgan maqolalar sahifa boshida chiqadi, qolganlari pastga qarab ketaveradi. Blogning bosh sahifasi yangiliklar sahifasi ko'rinishida bo'ladi.

2. Blogda bir necha bo'lim(rubrika)lar bo'ladi, ular bloger tomonidan istalgancha hosil qilinishi mumkin, hattoki o'zgartirilishi ham mumkin. Maqolalar bitta bo'limga yoki bir necha bo'limlarga tegishli bo'ladi. Bo'limlar o'z navbatida qismlarga ham bo'linishi yoki bo'lim ichida bo'lim ko'rinishida ham bo'lishi mumkin. Bo'limlar blogning asosiy tashkil etuvchilaridir.

3. Odatda bloglar bitta odam tomonidan yuritiladi, bu odam ham yozuvchi, ham moderator. ham administrator, ham dizayner bo'ladi. Hamma narsaga o'zi javobgardir.

4. Bloglarning admin panel(boshqaruv paneli)i juda sodda ko'rinishga ega bo'ladi, u yerda ortiqcha narsalar bo'lmaydi, rasm, video qo'yish bir ikki tugma orqali amalga oshiriladi. Bu, maqolani tez kiritish maqsadida qilinadi.

5. Bloglar yuritishda asosiy narsa izohlar hisoblanadi. Har bir maqola uchun izoh qoldirish imkoni bo'lishi kerak. Boshqa turdagi saytlarda izoh qo'yish yoki qo'ymaslik sayt egasiga bog'liq bo'ladi, bloglarda unday emas albatta izoh uchun forma bo'lishi kerak.

6. Blogda bir necha statik sahifalar bo'ladi, ular quyidagilar: bloger haqida, bloger bilan bog'lanish, blog haqida,…

7. Blogda albatta yangi maqolalarga obuna bo'lish funksiyasi bo'lishi kerak yoki RSS kanal, shu orqali o'quvchilar yangi maqolalardan xabardor bo'lishadi. Chunki maqolalar tez yangilangani(qo'shilgani) uchun bunday xizmat bo'lishi shart.

8. Blog dizayni zo'r bo'lishi shart emas. Bu oddiy kundalikdir. Bloger bu narsalarga unchalik e'tibor berib, vaqtini ketkazish shart emas.

9. Blogga reklamalar qo'yish unchalik yaxshi fikr emas, axir bu kundalikku. Reklamalar tijorat maqsadida qo'yiladi, shunchalik blogingiz kuchayib ketgan bo'lsa, uni kuchaytirib blog maqomidan chiqaring va qo'shimcha xizmatlar kiriting(onlayn maslahatlar, qo'llanmalar,…).

10. Blog rivojlanishi uchun, ikki tomonlama ishlash kerak, bloger va foydalanuvchilar. Foydalanuvchilarning fikrini ham hisobga oling.

11. Blogda ko'chirishlar bo'lishi yaxshi emas. Barchasi(maqolalar, rasmlar, videolar) bloger tomonidan qilinishi zarur.

12. Blog orqali internetda pul ishlab topish mumkin.

Hozirda haqiqiy bloglarni topish qiyin. Barchasida qo'shimcha xizmatlar, reklamalar qo'shilib ketgan, bunday ko'rinishdagi veb sahifalar toza blog bo'laolmaydi.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!