Boshlovchilar uchun Linux Buyruqlar Satri bo'yicha qo’llanma

Ko'pincha buyruqlar satri bilan ishlashni eskirgan usul degan gaplarni eshitib qolamiz. Lekin bu usul Linuxda vazifalarni bajarishning eng elastik va kuchli yo'li hisoblanadi. Masalan, biror katalogdagi (hamda uning ichki kataloglari) hamma .doc fayllarni qidirib va ularni o'chirmoqchi bo'lsangiz, bu grafik interfeys orqali bir necha qadam bo'lishi mumkin. Linux buyruqlar satri orqali esa bu bir necha soniyaga boradi xolos.
Ushbu maqolada, Linux buyruqlar satri asoslari, katalog navigatsiyasi, fayl/katalog operatsiyalari haqida gaplashamiz.

1. Linuxda Uy katalogi nima?
Linux multi-foydalanuvchi operatsion tizimi, ya'ni bir necha foydalanuvchi bir vaqtni o'zida tizimga kirib ishlashi mumkin. Ishni yengillashtirish maqsadida, har bir foydalanuvchiga alohida kataloglar belgilangan va ular o'z shaxsiy fayllarini o'z kataloglarida saqlashadi. Ushbu katalog foydalanuvchi uy katalogi deb yuritiladi.

Foydalanuvchilar uy katalogi /home/ katalogi ichida joylashadi. Masalan, mening uy katalogim /home/nsarvar. E'tibor bergan bo'lsangiz, foydalanuvchi katalogi nomi, login nomi bilan bir xil bo'ladi. Agar siz Windowsda ishlagan bo'lsangiz, Linux uy katalogini Windowsdagi C:Users yoki C:Documents and Settings katalogidagi foydalanuvchilar papkalariga qiyoslash mumkin.

Foydalanuvchilar o'zlarining uy va uning ichidagi barcha kataloglarga to'laligicha boshqarish huquqiga ega. Ya'ni, ular bu yerda fayllar yaratib o'chirish, dasturlar o'rnatish va boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin.

2. Qanday qilib joriy ishlab turgan katalog nomini aniqlash mumkin?
Linuxda shell buyruqlar satrini ochganingizda, dastlab uy katalogida joylashgan bo'lasiz. Bu sizning joriy ishlab turgan katalogingiz hisoblanadi va buni boshqa katalogga o'zgartirishingiz mumkin. Istalgan vaqtda joriy ishlab turgan katalogni to'liq manzilini bilish uchun pwd buyrug'ini bering.

Misol:

Yuqorida misol qilib ko'rsatilgan pwd komandasi, foydalanuvchi hozir uy katalogidagi Documents katalogida turganini bildiradi. Bu holatda nsarvar@rvam:~/Documents buyruqlar satri “podskazkasi".

3. Kataloglarni qanday o'zgartiradi?
Linux fayl tizimi bo'ylab boshqa kataloglarga o'tish uchun cd buyrug'idan foydalaning. Bu buyruq katalogning qayerda joylashganiga qarab, uning nomi yoki to'liq manzilini talab qiladi.

Masalan, agar sizning ishchi katalogingiz /home/nsarvar/Documents, va siz /home/nsarvar/Documents/personal/ katalogiga o'tmoqchisiz: cd personal komandasini bajaring. Bu holatda shell buyruqlar satri joriy katalog ichidan personal katalogini qidiradi. Joriy ishchi katalogga bog'liq bo'lgan manzil yoki yo'l, bog'liq manzil,yo'l(relative path) deb yuritiladi.

Lekin, siz

“/home/opennet/"
katalogiga o'tmoqchi bo'lsangiz, u holda quidagi buyruqni kiriting:

cd /home/opennet/

“Daraxt"dagi bitta oldingi katalogga tezda o'tish uchun esa “cd… “ komandasini ishlating yoki orqaga qaytmoqchi bo'lsangiz

cd -
komandasini ishlating.

4. Kataloglar tarkibini ko'rish qanday?

Direktoriyaning tarkibini ya'ni ichidagi fayllar haqida ma'lumotni

ko'rish uchun ls komandasi qo'llaniladi. Agar bu komanda hech qanday

argumentsiz ishlatilsa, joriy ischi katalog kontentini chiqarib beradi.

Quida misol berilgan:

Boshqa istalgan katalogni tarkibini ko'rmoqchi bo'lsangiz, ls komandasiga argument sifatida shu katalog nomini kiritishingiz (agar u ichki-katalog bo'lsa) yoki to'liq manzilni ko'rsatish kerak.

Agar yaqindan kuzatgan bo'lsangiz, ls buyrug'ining natijasi rangli kod ko'rinishida. Bu har xil ranglar, har hil fayl turlarini bildiradi va fayllarni aniqlashni osonlashtiradi. Bilishingiz kerak bo'lgan asosiy ranglardan: Ko'k (Kataloglar), Oq (Matnli fayllar), Qizil (Arxivlar), Havorang (Linklar), Yashil (Ishga tushuvchi fayllar) va siyohrang (Rasmlar) ni bildiradi.

5. Fayl kontenti qanday ko'riladi?
Fayl tarkibini ko'rish uchun cat buyrug'idan foydalaning. Bu komandaga argument sifatida fayl nomini kiritishingiz shart. Quidagi rasmda ko'rsatilganidek, cat komandasi first faylining tarkibini ko'rsatim bermoqda. Shuningdek, bu yerda limit ham bor. Agar fayl katta bo'lsa, chiquvchi natija ham buyruqlar satri ekraniga sig'may qolishi mumkin.

Bu holatda, cat bilan birgalikda less buyrug'I ishlatiladi:

cat [filename] | less

Tik chiziq (Pipe) “|" belgisi cat buyrug'I chiqargan natijani less

buyrug'iga o'tkazib yuboradi va siz faylni kontentini page+up va

page+down tugmalari yordamida harakatlantirishingiz mumkin. Chiqish

uchun “q" tugmasini bosing. Less buyrug'ini ham to'g'ridan-to'g'ri

kiritish mumkin:

less [filename]

6. Yangi fayl qanday yaratiladi?

Yangi fayl yaratish uchun touch buyrug'i mavjud. Bu komandaga fayl

nomini argument sifatida berish lozim. Masalan, test.log faylini joriy

ishchi katalogda yaratish uchun, quidagi komandani bajaring:

touch test.log

Joriy ishchi katalogdan boshqa joyda yangi fayl yaratish uchun, absolyut manzildan foydalanamiz. Masalan:

touch /home/nsarvar/practice/test.log.

Eslatma: Faylni tahrirlash uchun Vi yoki Vim buyruqlar satri tahrirlagichidan foydalaning.

7. Faylni o'chirish / nusxalash / qayta nomlash

Faylni qayta nomlash uchun mv buyrug'ini ishlatamiz. Masalan, log.txt

dan new_log.txt ga o'zgartirmoqchi bo'lsangiz: mv log.txt new_log.txt.

Har doimgidek, agar fayl joriy katalogda mavjud bo'lmasa, absolyut

manzildan foydalaning.

Bundan tashqari, mv buyrug'i faylni bir joydan boshqa joyga ko'chirish

uchun ham ishlatiladi. Bu grafik interfeysdagi “Qirqib

olish-Joylashtirish" operatsiyasiga to'g'ri keladi. Masalan, log.txt

faylini joriy katalogdan /home/nsarvar katalogiga ko'chiramiz:

mv log.txt /home/nsarvar

Fayldan nuxsa olishda ishlatiladigan cp buyrug'I ham mv kabi ishlaydi.

Argument sifatida fayl manbasi va ko'chiriluvchi manzil beriladi.

cp log.txt /home/nsarvar

Faylni o'chirish uchun, rm buyrug'I qo'llaniladi. Argument sifatida fayl

nomi beriladi. Masalan, rm log.txt komandasi joriy katalogdan log.txt

faylni o'chirsa, rm /home/nsarvar/practice/log.txt komandasi berilgan

katalogdan log.txt faylini o'chiradi.

Kataloglarni o'chirish uchun, rm buyrug'I bilan birga -r optsiyasini ishlating. Masalan,

rm -r /home/nsarvar/practice/
buyrug'I practice katalogi ichidagi hamma fayl va sub-kataloglarni o'chirib tashlaydi.

8. Fayllarni qanday qidiradi?

Fayllarni qidirish uchun find buyrug'idan foydalaning. Argument sifatida

katalog manzili va fayl nomi argument sifatida so'raladi. Masalan,

lesson-1.cpp faylini /home/nsarvar/ direktoriyasidan qidirmoqchi

bo'lsangiz, find buyrug'ini quidagicha qo'llang:

Agar katalog manzili ko'rsatilmasa, fayl joriy ishchi katalogdan qidiriladi.
Shungdek, qidirishda belgilar guruhidan(wildcards) ham foydalanish mumkin. Masalan, hamma .doc fayllarni berilgan katalogdan qidirmoqchi bo'lsangiz:
“*" belgisi istalgan miqdordagi belgilarni anglatadi. Maslan, tech* quidagilarga to'g'ri kelishi mumkin: techspot, technology, technic va boshqalar.

9. Fayllar ichidan matnlar bo'yicha qidirish
Fayllar ichidan qidirish uchun, grep buyrug'idan foydalaning. Ushbu komanda argument sifatida kalit so'z va fayl nomini talab qilad va natijaga shu kalit so'z qatnashgan fayllar ro'hati chop etiladi.

Qatorlar sonini ham chiqarmoqchi bo'lsangiz –n optsiyasini ham grep komandasiga qo'shing.

Eslatma: grep buyrug'I find komandasiga o'xshamagan holda, ichki kataloglardan qidirmaydi. Lekin, ichki kataloglardan ham qidirish kerak bo'lsa, -R optsiyasidan foydalaning.

grep “keyword" –R

10. Avtomatik-to'ldirish funksiyasi nima?

Linuxda buyruqlar satrida ishlash mobaynida, uzun fayl manzillarini,

nomlarini kiritish murakkabla bo'lib ketadi. Fayl nomlari va

manzillarini avtomatik to'ldirish uchun “tab" tugmasidan foydalaning.

Buning uchun, masalan fayl nomini bosh harflarini kiriting va tabni

bosing agar shu fayl ko'rsatilgan katalogda mavjud bo'lsa, fayl nomi

qolgan qismi o'zi to'ldiriladi, yoki agar ikki marta ketma-ket tab

tugmasi bosilsa, shu harflar bilan boshlangan bir necha variantlar

chiqarib beradi.

11. Root nima?
Root Linux tizimidan to'laligicha boshqaruvga ega bo'lgan yagona foydalanuvchi. U oddiy foydalanuvchi huquqi bo'lmagan operatsiyalarni bajarish huquqiga ega. Masalan, tizim direktoriyasidagi fayllarni o'zgartirish, o'chirish kabi. Root faqat tizim administratorlari tomonidan ishlatiladi.
Linuxda eng yuqori darajadagi kategoriya “/" (slash) belgisi orqali aks etadi va bu root katalogi deb yuritiladi. /home va boshqa tizim kataloglari ham ushbu katalog ichida joylashadi. Lekin, root uy katalogi bilan root katalogi, ya'ni “/"(slash) ni chalkashtirib yubormang. Root uy katalogi

/root
da joylashgan.

12. “Man page" nima?

Linux buyruqlari haqida ko'proq o'rganish uchun, Linuxning qo'llanmasiga

murojat qilishingiz mumkin. Bu “man page" deb yuritilib, unga kirish

uchun buyruqlar satridan man komandasi va kerakli buyruq nomi beriladi.

Masalan, rm buyrug'I haqida ma'lumotlar olish uchun “man rm" ni

kiriting. Linux buyruqlari haqida ko'plab foydali ma'lumotlarni shu yo'l

bilan topishingiz mumkin.

Xulosa

Ushbu maqolada Linux buyruqlariga yuzaki to'xtalib o'tdik. Linuxda

judayam ko'plab komandalar mavjud, lekin boshlang'ich foydalanuvchilar

uchun yuqoridagi ma'lumotlar eng muhimlari deb o'ylayman. Agar maqolada

biror joyida tushunmovchilik bo'lsa, savollar bilan bemalol murojat

qilishingiz mumkin.

Manba:

texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!

Blogdagi so‘nggi maqolalar:

Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!