manba

Cisco kompaniyasi haqida va uning tarixi

Cisco kompaniyasi haqida va uning tarixi

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlovchi, o'zini hurmat qiluvchi xar bir mutaxassis, albatta u tarmoq qurilmalari sohasida ishlasa, ularning turlari, ishlab chiqaruvchilari va qo'llanilish sohasi haqida batafsil bo'lmasada, yetarlicha ma'lumotga ega bo'lishi kerak bo'ladi. Tarmoq qurilmalari ishlab chiqaruvchi bir qancha firmalar mavjud: Cisco Systems, Juniper, 3com, HP, D-link va boshqalar. Ular ichida yaqqol yetakchisi albatta Cisco Systems hisoblanadi. Tarixsiz kelajak bo'lmagani kabi, ushbu kompaniyaning ham o'ziga yarasha kelib chiqish tarixi bor.

Cisco Systems, 1984 yili, AQSHning Stenford universitetida kompyuter texnikalariga qarab yuruvchi va ularga texnik xizmat ko'rsatuvchi er-xotin Leonard Bosak va Sandra Lerner tomonidan tashkil qilingan. Kompaniya tashkil etilgan davrda tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi boshqa tashkilotlar ham bo'lgan, ammo Leonard Bosak va Sandra Lernerlar yaratgan marshrutizatorlar turli xil protokollarda ishlovchi tarmoqlarni birlashtirish imkonini berar edi. Shu sabali ularning qurilmalari tez fursat ichida ko'plab tashkilotlar tomonidan sotib olina boshladi.

Kompaniyaga nom tanlash jarayoni San Francisco(Kaliforniya) shahri nomi bilan bevosita bog'liq bo'lib, shaharning oxirgi 2 bo'g'ini olingan. O'sha paytda CISCO nomli firma mavjud bo'lganligi sababli, ular kompaniya nomini kichkina Cisco Systems deb nomlashga qaror qilishadi. Shu bilan birga yana bitta faraz borki, notarius xodimining noo'rin harakati tufayli kompaniya nomidan oldingi harflar yirtilib tushib qoladi va cisco so'zining o'zi qoladi. Buni qandaydir belgi deb hisoblagan asoschilar, kompaniyani Cisco Systems deb nomlaydilar.

Dastlab kompaniya, tarmoq marshrutizatorlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'lib, keyinchalik IP – telefoniya, video konferensiya, korporativ telefoniya, tarmoq kommutatorlari va boshqalar ishlab chiqara boshlaydi. 1996 yilda, StrataCom Inc firmasini sotib olish bilan u ATM qurilmalar bozoriga kirib boradi. 2003 yilda esa kichik biznes va uy foydalanuvchilari uchun tarmoq qurilmalari ishlab chiqaruvchi Linksys firmasini sotib oladi. 2009 yilda videkonferensiya sohasida yetakchi hisoblanadigan Tandberg firmasini 3.4 milliard dollarga sotib oladi. Bu esa Cisco Systems ni ushbu sohada jahonda yetakchilikni qo'lga olishiga yordam beradi. 2012 yilning dekabr oyiga kelib, ma'lumotlarni qayta ishlash yo'nalishi bo'yicha dasturiy ta'minotlar ishlab chiqaruvchi Cloupia firmasini o'z ichiga qo'shib olish jarayoni yakunlanadi.

Hozirgi kunda kompaniya rahbari Jon Chembers hisoblanadi. Cisco Systems ayni damda quyidagi qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgandir:

  1. Marshrutizatorlar
  2. Kommutatorlar
  3. IP – telefoniya uchun mahsulotlar, qurilmalar
  4. Tarmoq xavfsizligiga javob beruvchi qurilmalar
  5. DSL qurilmalar
  6. Wi Fi qurilmalari
  7. ATM qurilmalari
  8. Universal shlyuzlar
  9. Ma'lumot saqlash tarmoqlari kommutatorlari
  10. Tarmoqni boshqarish uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minotlar va boshqalar;

Savol: Cisco kompaniyasi logosini yaratishdan nimadan ilhomlanishgan?

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!