Clash of Clans o'yinining Yangi Yil talqini!

Yangi yilga ham juda oz vaqt qolganini hisobga olgan dunyoning barcha mashxur o'yin tuzuvchilari o'z o'yinlarida Yangi Yil ruhiyatini aks ettiruvchi bir nechta yangiliklarga qo'l urmoqda. Shuningdek, butun dunyoga mashxur hisblangan Clash of Clans strategik o'yinining ham Yangi Yil uchun mo'ljallangan yangi talqini ishlab chiqildi. Ushbu talqin orqali siz nafaqat yangi Yilni his etasiz balki o'yindagi yangidan-yangi arenalar, xaritalar va boshqa katta o'zgarishlarga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Clash of Clans o'yinining dekabr oyida ushbu yangilanishi butun yil davomidagi eng katta yangilanish deb hisoblasak adashmaymiz. O'yinchilar ushbu o'yindan yangi va qiziqarli voqealar bilan birgalikda o'z qahramonlarini bundanda yuqori bosqichlarga olib chiqishni intiqlik bilan kutishayotgan edi. Shularni hisobga olgan holda, hozirda o'yinchilar o'z qahramonlarini 45-bosqichgacha ko'tarishi mumkin bo'ladi.

Clash of Сlans - Finlandiyaning Supercell studiyasi tomonidan iOS va Android tizimidagi mobil telefonlar uchun ishlab chiqilgan ijtimoiy-strategik o'yin hisoblanadi. Ushbu o'yin har kungi yuz milliondan ortiq o'yinchilariga egadir.


pLaTiNuM

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!