CodingMonday #07
Assalom alaykum.
2018-yil 20-avgust dushanba kuni Toshkentdagi GroundZero(TexnoPlaza) kovorking markazida navbatdagi "CodingMonday #07" bo'lib o'tadi. Bu galgi tadbirda quyidagi mavzular bo'yicha chiqishlar bo'ladi:
1. "Clojure - Javadan keyin hayot bormi?". Spiker Olim Saidov. 29 yosh, malaka 7 yil. funksional dasturlash muxlisi, Nowmedia Technologies bosh muxandisi. Mushuklarni va velosportni yaxshi ko'radi.
2. "Shoxlarda Python" - Python dasturchilar uchun workshop. Spiker Shokirov Saidravshan. 23 yoshda. 7 yildan beri AT sohasida faoliyat olib boradi. Hozirda Wiener Deming kompaniyasida Senior Backend dasturchi bo'lib ishlaydi. Ping-pong, filmlar va mashinani o'qitishga qiziqadi.
3. "Clean Architecture'dan foydalanib Android mobil ilovalar yaratish". Spiker Yusuf Abdullayev. 20 yoshda, Android uchun dastur yaratish bo'yicha 3 yillik malakaga ega. Hozirda Anvics.ru kompaniyasida Android Developer dasturchi bo'lib ishlaydi.
4. "Mikroservislar - nimadan boshlash va nimalardan ehtiyot bo'lish kerak" - mavzusida munoza bo'lib o'tadi.
Ro'yxatdan o'tish: https://goo.gl/forms/Dfk1tL35WqalZJ1X2
Tadbir facebookda: https://www.facebook.com/events/2613807672178059/
Sana: 20-avgust 2018-yil
Vaqt: 18:00
Manzil: GroundZero(TexnoPlaza) kovorking markazi
Kirish: 15 000 so'm.
Birinchi bo‘ling!