CSS bo'yicha mukammal bilim olishni istaganlar uchun eng yaxshi 7 ta internet resurs!
HTML tilida yozilgan istalgan sahifani uning chiroyini ochib turuvchi uslublar jadvalisiz tasavvur qilish juda qiyin. Bugun sizning e'tiboringizga CSS haqida yaxshiroq bilim va ko'nikma beruvchi o'zbek, rus va ingliz tilidagi saytlar haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz.
Butunjahon o'rgimchak to'ri Konsorsiumi (World Wide Web Consortium, W3C) 1996-yilda CSS (Cascading Style Sheets) texnologiyasini taklif qilganidan buyon veb-dasturchilar undan saytlarning bejirim ko'rinishi uchun foydalanib kelmoqdalar.
CSS haqida qayerdan o'rgansam bo'ladi?
1. HTMLBOOK
Ushbu sayt orqali CSS texnologiyasi haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lishingiz va bosqichma-bosqich o'z bilim va ko'nikmalaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin. Shuningdek, uslublar jadvali bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishingiz ham mumkin. Saytda CSS texnologiyasining uchinchi turkmi bo'yicha ham batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
2. CSS REFERENCE
3. WebReference
WebReference nomli veb xizmat CSS bo'yicha alifbo tarzidagi ma'lumotnomani taqdim etadi. Har bir teg uchun qisqacha ta'rif, sintaksis va jonli namuna ko'rsatib o'tilgan. Savol berishdan uyalmang, tuzuvchilar barcha savollaringizga javob berishdan qochishmaydi.
4. CSS Design Awards
5. CSS Zen Garden
Yuqoridagi saytlar orqali ko'plab narsalar o'rganasiz deb o'ylaymiz. Navbatdagi qadamimiz esa o'rganilgan narsalarni amalda sinab ko'rish bo'ladi. Biz sizni uzoq o'ylantirmay CSS Zen Garden sahifasiga o'tishingizni tavsiya qilamiz. U yerda siz butun dunyo dizaynerlari o'z g'oyalari va CSS yordamida hosil qilgan ajoyib HTML fayllarni ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Namunaviy HTML faylni yuklab oling va uni siz ham CSS yordamida istalgan ko'rinishini tuzib chiqing va uni qayta yuboring. Balki, sizning CSS yordamida hosil qilgan HTML sahifangiz eng yaxshisi bo'lar?!
6. ITPortal.uz
O'zbek tilidagi Maqolalar va darslar o'rin olgan va boshqaruvchisi Xudoyberganov Akmal bo'lgan ushbu portal sizning dasturlashga oid bilimlaringizni oshirishida munosib hissa qo'shadi deb o'ylaymiz. Portalda barcha darslar to'liq va aniq yoritilgan bo'lib, barchasini ko'rsatilganidek bajarsangiz, ko'zlagan maqsadingizga albatta erishasi
→ ITPortal7. Texnoman.uz
O'zbekistondagi Axborot texnologiyalari sohasining o'zbek tilidagi bloggerlarining portali. Ushbu veb sayt orqali siz malakali Bloggerlarning bloglari asosida Dasturlash tillarini bosqichma-bosqich tarzda va albatta o'zbek tilida o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Saytdan foydalanish mutlaqo bepul va ilm olish uchun juda foydali!
Manba:
Birinchi bo‘ling!