Dars №3 — NetBeans muhitini o’rnatish
Hozirgi kunda Java dasturlash tili uchun bir necha muhit (IDE)lar yaratilgan bo'lib, bu maqolada shunday muhitlardan biri NETBEANS haqida gaplashamiz. Java tilini o'rganishda aynan Netbeans muhitidan foydalanamiz, shuning uchun bu dasturni yuklab, o'rnatishimiz lozim bo'ladi. Dastlab, Oracle saytidan, NetBeans dasturini operatsion tizimga mos holdagisini yuklab olamiz(hajmi maksimum 300 MB).
Dasturni o'rnatishdan oldin, JDK paketi o'rnatilgan bo'lishi lozim(JDKni o'rnatish). Undan so'ng, yuklab olingan netbeans dasturini ishga tushiramiz va o'rnatishni boshlaymiz.
Hosil bo'lgan oynadan, o'rnatilishi kerak bo'lgan komponentlarni tanlab olamiz. Uning uchun «Настроить…» tugmasini bosib, kerakli komponentlarni tanlaymiz. Hammasini o'rnatish shart emas, iloji boricha soddaroq qilib o'rnatamiz. Demak quyidagilarni belgilaymiz:
Bazovaya sreda IDE
Java SE
Java EE
Java ME
HTML5
Shundan so'ng, «Далее» tugmasini bosib, keyingi oynaga o'tamiz.
Keyingi oynada, o'rnatilayotgan dasturni saytdagisi bilan solishtirib beradi(agar kompyuter internetga ulangan bo'lsa), ya'ni dasturni yangilash(obnovleniya) kerakmi, yo'qmi, undan tashqari bu oynada dastur o'rnatilayotgan joy va dastur hajmi haqida ma'lumot chiqadi. So'ng «Установить» tugmasini bosib, dasturni o'rnatamiz. Kompyuter konfiguratsiyasiga qarab, 10 daqiqa davom etishi mumkin(balki ko'proq, balki kamroq).
Shundan so'ng, dastur o'rnatilishi yakunlanadi va quyidagi oyna paydo bo'ladi.
Agar NetBeans proyektiga yordam bermoqchi bo'lsangiz «Помочь проекту» yozuvini belgilang, aks holda belgilashni olib tashlang, mani fikrim yordam berish shart emas, biza siz ham o'zligi amallashadi(statistikalar uchun ma'lumotlar yig'ish). Oxirida «Завершить» tugmasini bosib, o'rnatilishni yakunlaymiz.
Dasturni ishga tushirish uchun, «Рабочий стол«dan NetBeans «yarlыk»gi ishga tushiriladi yoki Пуск ->Все Программы -> NetBeans -> NetBeans IDE orqali amalga oshirish mumkin.
Manba:
Fikrlar 2