Dasturchi Resume/CV yozishda nimalarga e’tibor berish kerak va ishga kirishga yordam beradigan Rezyumeni qanday yozamiz?

Agar siz "2019-yilda Dasturlashni o'rganamiz" maqolamizni o'qigan bo'lsangiz va aytib o'tilgan texnologiyalarni o'rganib junior developer bo'lsangiz. Sizga endi Resume/CV yozishingiz, ishga kirishingiz uchun tamal toshi vazifasini o'taydi. Yaxshi Resume/CV sizni Interview/Suhbatgacha olib boradi va ishga qabul qilinishingiz imkoniyati juda ortadi.

Rezyumi yozishdan oldin.

Rezyumeni yozishdan oldin, siz aniq-to'g'ri fikrga kelishingiz kerak. Bilsangiz agar, Rezyume orqali siz ishga bo'lgan munosabatingizni namoyon qilasiz. Ishga oluvchi tashkilot sizni yozganlaringizga qarab, ishga bo'lgan munosabatingizni darrov bilib oladi.

Asosiy e'tibor beriladigan narsalar bular:

  • Boshlang'ich Texnologiyalarni o'zlashtirgani;
  • O'z tanlagan yo'nalishiga qo'ygan mehri, ya'ni sohasini hurmat qilishi, uni qadrlashi;
  • Doimo izlanishda va o'rganishda davomiy bo'lishi.

Ishga oluvchilar bilishadiki, siz bu sohaga endi kirib kelyabsiz. Siz team boshqaruvi yoki loyihalar ustida ishlashingiz, birinchi kundan talab qilinmaydi. Ish beruvchilar, junior developerlarni asosan o'z tashkilotlarida senior yoki middle dasturchilar orasiga tashlab, malaka oshirish va qo'shimchalarni o'rgatish, undan so'ng loyihalar ustida sekinlik bilan tajribasini oshirishadi.

Siz agarda biror tashkilotga Junior bo'lib ishga kirsangiz, 2–3 oy davomida o'rganuvchi bo'lasiz. Bu siz uchun juda muhim davr bo'ladi, o'z bilimlaringizni oshirishga va imkon qadar o'z ustingizda ishlashga vaqt bo'ladi.

Rezyume yozishda e'tibor beriladigan jihatlar

Ish beruvchi odatda 15–20 sekund mobaynida siz taqdim qilgan rezyumiga ko'z yugurtirib chiqadi. Shu vaqt mobaynida ish beruvchi sizni keyingi bosqichga o'tishingizga ham qaror qilib qo'yadi.

Siz o'ylashingiz mumkin, qanday qilib 15–20 sekundda barcha ma'lumotlarni ish beruvchi o'qib ulgurishi mumkin?

Agarda sizning Rezyumengiz:

  • Oddiylikga harakat qiling, jozibador bezaklar berishdan yiroq bo'ling. Chunki bu muhim emas ish beruvchi uchun;
  • 1 yoki 2 varoqdan iborat bo'lsin;
  • Bullet Pointlar — mazmun jihatdan ko'zga ko'rinadigan qilib bilimlaringizni BOLD ko'rinishda yozib chiqing, masalan:

shunaqa ko'rishdagi Bullet pointslarni ishlating

  • Aniq va tiniq qilib yozing;
  • Yolg'on ishlatishdan yiroq bo'ling, bilmagan texnologiyalarni bilaman demang.

Junior developer ishlarga rezyume jo'natishdan oldin, research/tatqiqot qilish

Masalan, Sizni junior developer qidirilyabti deyilgan e'longa ko'zingiz tushib qoldi, odatda quyidagi talablar qo'yiladi.

Shu talablarga most ravishda siz o'z rezyumingizni yozishingiz kerak.

Asosiy qismga ham yetib keldik.

Rezyumeni Strukturasini chizib olamiz

Oddiy struktura quyidagilardan iborat:

1 — Shaxsiy ma'lumot/Kontakt/Bog'lanish;

2 — Ishlaganlik haqida, ya'ni malaka/staj haqida ma'lumot(agar bo'lsa, faqat ATga taluqli bo'lsin, agarda siz biror tashkilotda Operator yoki Adminstrator bo'lgan bo'lsangiz bu yozish shart emas);

3 — Software loyihalar, o'zingiz qilgan ishlaringiz/Github havola;

4 — Ta'lim/qayerda o'qiysiz yoki bitirgansiz;

5 — Qo'shimcha mahoratlar, tajribalar, imkoniyatlar(xorijiy tillar shular jumlasidan);

6 — Sizning imkoniyatingiz, texnik imkonlaringiz, software imkonlaringiz. Juda muhum joyi shu yerda.

Agarda sizda AT sohasida bakalavr va Internship/amaliyot tajribalaringiz bo'lsa, shu joyiga etibor berasiz.

Odatda ko'p dasturchilar o'zi o'rgangan bo'ladi, self-taught developer. Agarda shunday bo'lsa, siz o'z loyihalaringiz/open source loyihalar ustida ishlaganingiz haqida ko'proq yozasiz. Githubda loyihalaringizni qo'yib uni taqdim qilasiz.

Ba'zi bir misollarni keltiraman, shunga qarab siz ham o'z Rezyumengizni yozishingiz mumkin.

https://www.google.com/search?q=junior+developer+resume+template&safe=strict&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=0ahUKEwiNx8OptpvhAhXxx6YKHbt5ALsQ_AUIDigB&biw=1366&bih=625#imgrc=M4lQHVYfH44rBM:

https://www.google.com/search?q=junior+developer+resume+template&safe=strict&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=0ahUKEwiNx8OptpvhAhXxx6YKHbt5ALsQ_AUIDigB&biw=1366&bih=625#imgrc=M4lQHVYfH44rBM:

https://www.google.com/search?q=junior+developer+resume+template&safe=strict&source=lnms&tbm=isch&sa=X&ved=0ahUKEwiNx8OptpvhAhXxx6YKHbt5ALsQ_AUIDigB&biw=1366&bih=625#imgrc=M4lQHVYfH44rBM:

Yaxshi Rezyume sizning ishga kirishingiz kafolatidir.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!