Dasturchi talabalarni qanday yetishtirish mumkin?

Hozirgi zamonda dasturchilik eng tez sur'atlarda rivojlanayotgan sohalardan biri desak, mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Ushbu sohaning nafaqat chet davlatlarda, balki O`zbekistonda ham rivojlangani kishini quvontiradigan hol albatta. Lekin, bu sohaning bakalavr yo`nalishida o`quvchi talabalarning asosiy qismi bu sohani nima uchun tanlaganini bilmaydi. Shu sababli ba'zi bitiruvchilar kollej yoki maktablarga o`qituvchi bo`lib ishga kirayotgani sir emas. Bunga nima sabab bo`lmoqda? Ushbu savollarga quyidagi maqola orqali javob topishga urinib ko`ramiz.

  1. Amaliyotning yo`qligi. Ushbu sababni o`qigach, talabani har yili 1 oylik amaliyoti borku, deyishingiz mumkin. Lekin ushbu amaliyotni ko`pincha "tanish-bilishlik" bilan o`tashadi. Tasavvur qiling, dasturiy ta'minot dasturchisi bo`laman degan talaba maktabda qanday dasturiy ta'minot ishlab chiqish jarayonida ishtirok etishi mumkin? Bunday imkoniyat asosan xususiy sektorda bo`lishi mumkin.
  2. Malakali o`qituvchilar yetishmasligi. Albatta, bizda nazariyasi "biton" o`qituvchilar bisyor. Lekin ularni amaliyot nuqtai nazaridan, dasturchilar tili bilan aytganda, "NullPointerExeption" qaytarib yuboradi. Men bu bilan yuqoridagi kabi o`qituvchilarni kamsitmoqchi emasman. Chunki bilmaslik ayb emas. Lekin o`rganmaslik masalasida bunday deyish xato bo`ladi.
  3. Ishga kirish uchun tajriba kerak, tajriba uchun esa ish. Mantiqqa zid bo`lsa ham shunday. Bu yerda tajriba deganda qo`lidan ish kelishi nazarda tutilsa ham, hech bo`lmasa 6 oy "realniy proyekt"da ishlagan bolani CVsi og`irroq tosh bosadi.

Yuqoridagi muammolarga yechim topish mumkinmi? Qanday qilib baklavr yo`nalishi bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash mumkin? Bu muammoning yechimi o`laroq, quyidagini taklif qilmoqchiman:

Har bir axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan universitet qoshida ushbu universitetning laboratoriyasini tashkil etish. Bu laboratoriyaning quyidagi sifatlari bo`lishi muhim:

  • Laboratoriyaning ishchilari talabalardan iborat bo`lishi.
  • Ushbu laboratoriyaning boshqaruvchisi(Team Leader) ushbu sohada kamida 3 yil tajribaga ega bo`lishi.(Xususiy sektor bo`lsa ayni muddao)
  • Laboratoriyadan hujjat emas natija so`rash.
  • Laboratoriyaning ishlariga rektordan boshqasi aralashishiga yo`l qo`ymaslik.
  • Har bir talabaga oylik maosh to`lash.(Talabani jalb qilishning eng oson usuli)
  • Boshqaruvchi(Team Leader)ga yetarlicha maosh tayinlash.

Laboratoriya ochildi ham deylik, u nima vazifani bajaradi degan katta savol ko`ndalang turadi. Bu savolga ham javob berishga harakat qilamiz:

Ushbu laboratoriya universitetning baholash, hujjat qabul qilish va davomat tizimlarini avtomatlashtirish bilan shug`ullanadi. Bu albatta boshlang`ich bosqich. Keyingi bosqichda esa dasturlash bozoriga kirish uchun kurash boshlanadi. Albatta, hamma laboratoriyalar ham yashash uchun kurashadi. Buning uchun esa talabalardan bilimli, "tortib keta oladigan"larini tanlab olishadi. Tanlash ham boshqaruvchining zimmasiga yuklanadi.

Moliyaviy tomonga ham bir qiyo boqib o`tsak. Birinchi navbatda universitetlar tizimini avtomatlashtiradi. Shundoq ham avtomatik tizimlarni "falon pul"ga sotib olinyapti. Yana maktablarni ham avtomatlashtirishga ko`maklashishi mumkin. Keyinchalik esa bu laboratoriya daromad ham keltirishi mumkin. Talaba bilan esa, shartnoma tuziladi. Bitirgach, laboratoriyani tark etib, universitet uchun qanchadir miqdor ishlab beradi yoki oyligidan foiz to`laydi.

Bu tizimni yana bir afzalligi talabalar o`rtasida raqobat kuchayadi. Hamma ham laboratoriyada ishlash uchun harakat qiladi. Universitetda har yil boshida talabalar o`rtasida tanlov o`tkazib, ulardan kadrlar saralab olinadi. Muhimi, diplomli shaxs emas, malakali shaxs tarbiyalanadi. Talabalarni ham diplom olish uchun emas, ishga kirish uchun o`qishga unaladi. Ular, bitirgach qanday qilib ish topaman degan savolni o`qishning boshidan o`ziga berishni boshlaydi, 4-kursni tamomlayotganda emas.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, dasturlash sohasiga shunday e'tibor qaratilsa, mamlakatimiz rivojiga dasturchilarni qo`shayotgan hissalari bundan ham ko`proq bo`ladi.


u53r007

Muallif haqida

u53r007


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

azizbekbx
azizbekbx
biologiyada ozuqa zanjiri degan nasrani o'tgan edik "o't-o'lan o'sadi, hayvonlar yiydi, hayvonlarni yirtqichlar yiydi" barchasi bir birini nazorat qiladi. agar zanjir uzilsa bari tamom! Men ham talaba bo'lganman 22 ta kursdoshlar 4 yil o'qib bitirdik, yuqoridagi kabi kollejga ishga kirdim. Kollejda qo'ldan kelgancha sodda algoritmlarni o'rgataman, lekin kelagotgan bola maktabda na matematika o'qigan, na geometriya, na tillarni biladi, na kompyuterni biladi, ularda faqatgina katttttttta orzu bor "dasturchi bo'laman", vaqti kelsa til, matematika, informatika o'tgattyapman, c++ boshlayaman, eng ko'pi bilan qiladiganimiz kitobdagi misolni yechish, qolganiga faqat tormoz, tormoz, tormoz. Men dasturchi emasman lekin vijdonan qo'ldan kelgancha harakat qilyapman, lekin jamiyatdagi talim zanjirini bog'lay olmayman, u 20 yillar avval uzilgan. Men ham shu uzilgan zanjirda o'qidim. Kursdoshlardan 2 dona programmist chiqdi, chunki 2 tasi Toshkentda qolib firmada ishladi. Qolgan 20 ta programmist kollej, maktab, xokimiyat, soliq, bankda jon saqlayapti. Yana bir gap soxalarni aniq baxolash tizimi qani, bu birgina talimda emas barchasiga tegishli. Bizga malakali kadr kerak deyishadi. O'sha malakali kadrni malakali raxbar ishga oladimi, oldin malakali raxbar kerak deyishsin. Siz aytgan narsalar qilinadi matematika tili bilan aytganda 8 vaqtda uzun manabunday ∞ vaqtda
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!