Dasturlash bo'yicha o'quv kurslari

Assalom alaykum.

E'tibor bergan bo'lsangiz bir savol juda ko'p beriladi: Qanday qilib dasturchi bo'lish mumkin?

Bu savolga soatlab javob berish mumkin. Biz ushbu maqolada dasturchi bo'lishning mavjud yo'llaridan biri haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz.

Demak dasturlashni quyidagi yo'llardan birida sabr bilan bosib o'tgan holda o'rganish mumkin:

  1. Mustaqil o'rganish;
  2. Biron bir oliy ta'lim muassasida;
  3. Dasturlashga ixtisoslashtirilgan maxsus o'quv kurslari.

Biz Toshkentda hozirda faoliyat olib borayotgan o'quv kurslari haqida ma'lumot to'plash maqsadida Telegramdagi "Ustoz-Shogird : UzGeeks" kanalidagi o'quv kurslariga birma-bir shu o'quv kurslari haqida ma'lumot berish bo'yicha bog'landik. Ulardan ba'zilari bizga javob berishdi va o'zlari haqida ma'lumot berishdi(buning uchun ular o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz).

Ushbu maqolada Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan, dasturlashni, axborot texnologiyalarni o'rgatuvchi, darslar o'zbek tilida tashkil etiluvchi o'quv kurslari ro'yxati keltirilgan:

  • Personal Development Process(pdp) - Android, IOS, Web(Java)
  • Clean code - Android, Tarmoq administratori, Web(Java)
  • Unitec School - Android, Tarmoq administratori, Web, Robotics
  • JETSO EDUCATION CENTER - Dizayn, Web

Texnoman.uz saytimizda yuqoridagi har bir o'quv kurslari bo'yicha alohida maqola ko'rinishida ma'lumotlar berib boriladi.


texnoman

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!