manba

Dasturlash tillari va script tillar farqi

Dasturlash tillari va script tillar farqi

Ko'pincha odamlar script til va dasturlash tilini sinonim o'rnida ishlatishadi, lekin bular o'rtasida katta farq bor. Barcha script tillar dasturlash tili lekin hamma dasturlash tillari script til emas.

Ancha yillar oldin dasturlash tillari yordamida PowerPoint, Internet Explorer, Microsoft Excel, Microsoft Word va juda ko'p shu kabi dasturlar yozilgan. Biroq, vaqt o'tishi bilan dasturlash tillarini qo'shimcha funktsiyalarni kiritish va takomillashtirilgan dasturlash interfeysi bilan ta'minlash uchun yangilash zarurati paydo bo'ldi.

Script tillar va dasturlash tillari orasidagi asosiy farqlardan biri kodlarni ijro etishida. Ya'ni dasturlash tillari yuqori darajali dasturlash (odam chunadigan kod) tilidan mashina kodiga (komputer chunadigan kod) compiler yordamida o'giradi, script tillar esa bu ishda interpereter ishlatadi. Interpreter va Compiler haqida dasturlash asoslarini 2-darsida ma'lumot bergandim. Yana takrorlab o'taman. Compiler kodni to'liq o'giradi, Interpreter esa qatorma qator kodni mashina tiliga o'giradi.

Keling, dasturlash tili va Script tili o'rtasidagi boshqa farqlarni ham ko'rib chiqamiz.

Dasturlash tillari ixcham bo'lib, boshqa til yoki dasturga interpretatsiya ( o'girilmaydi ) qilinmaydi.

Script tillar bitta tilda yozilib va boshqa dasturlar yoki dasturlash tillari yordamida interpretatsiya ( o'girish) qiladi. Misol uchun Javascript HTML bilan birgalikda qo'shilib keyin Internet browser bilan interpretatsiya ( o'griliadi ) qiladi. Shunday qilib, dasturlash tillari mustaqil ravishda ishlaydi, ammo Script tillari boshqa dastur ichida ishlaydi.

Dasturlash tillari to'laqonli kod va dasturiy ta'minotni ishlab chiqishni osonlashtirish uchun mo'ljallangan, Script tillari esa kodlashni tezroq va soddalashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Dasturlash tillari bilan kodlash nisbatan qiyin, chunki bitta funktsiya uchun ko'plab kod satrlari talab qilinadi. Script tillari bilan funktsiyali kodlar yaratish osonroq, chunki Script tillarda bir muncha qisqaroq kod yoziladi.

Shunday qilib, dasturlash tillari bilan to'la-to'kis kod yozish odatda ko'proq vaqtni oladi, Script tillar bilan kodlashda ozroq vaqt talab etiladi.

Compilatsiya qilingan dasturlar odatda Interpretatsiya qilingan dasturlarga qaraganda tezroq ishlaydi, chunki kompilyatorlar bir vaqtning o'zida kodni o'qiydilar va tahlil qiladilar va xatolar (agar mavjud bo'lsa) haqida umumiy hisobot beradilar.

Lekin Interpreter kod har bir qatorni o'qiydi va tahlil qiladi va har safar xatolikni aniqlaganda, ularga birma-bir murojaat qilishni to'xtatadi.

Dasturlash tillariga misol qilib C, C++, C#, Java, Basic, COBOL, va Pascal kabi tillarni olsak bo'ladi. Script tillarga misol qilib JavaScript, Perl, PHP, Python, Ruby, Ruby, GameMonkey va hokazo larni olsak bo'ladi

Dasturlash tillari to'liq uzunlikdagi kod bilan ishlaydi va mustaqil ravishda ishlashga qodir, o'zi mustaqil ijro eta oladi (dastur ko'rinishga keltira oladi), Script tili odatda kodning kichik qismlari ustida ishlaydi va ishlashi (dastur ko'rinishiga kelishi) uchun yordamchi dastur kerak bo'ladi.

Script tillari boshqa platformalarga ham bog'liq va ularni joylashtirish kerak. Dasturlash tillari .exe fayllarini yaratadi, Script tillari esa .exe bajariladigan fayllarini yaratishda qatnashmaydi.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!