Dasturlashni bilmasdan turib, sayt yaratish uchun 15ta servis!

Dasturlashni bilmasdan turib, sayt yaratish uchun 15ta servis!

Startaplar katalogi jamoasi Product Hunt, o'zining Mediumdagi blogida, veb saytlar yaratish uchun dasturlash sohasidan bilimlar kerak bo'lmaydigan servislarni e'lon qildi.

Carrd

Bir sahifali saytlar yaratish uchun bepul servis. Bu servis orqali o'zingizning protfoliyangizni, kontaktlar ma'lumotlaringiz va boshqa turdagi ma'lumotlarni qo'shishingiz mumkin. Servis tomonidan taklif qilinayotgan barcha shablonlar moslashuvchan ko'rinishda yasalgan.


Template Stash

Dizayn va imkoniyatlarni sozlash mumkin bo'lgan, sayt uchun bepul shablonlar kolleksiyasiga ega. Kalit so'zlar, katergoriyalar va ishlab chiqganlar orasidan qidirish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari Material design uchun alohida kolleksiya mavjud.


Bubble

Servis dasturlashni bilmasdan turib, veb va mobil dasturlarni yaratish imkoniyatini beradi. Foydalanuvchi drag & drop yordamida kerakli elementlarni qo'shishi, ma'lumotlarni olish manzilini va boshqa imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.


HTML to WordPress

HTML saytni Wordpress tizimiga o'tqazish uchun ajoyib servis.


Tilda Publishing

Product Hunt o'zining Mediumdagi blogida yozishicha, Tilda Publishing ko'p kontentli saytlarni yaratish uchun moslashgan - bloglar, galereyalar, hisobotlar va boshqalar. 170dan ortiq sozlanadigan kontent bloklarga ega.

XPRS

XPRS yaratuvchilari saytlarni huddi Lego kunstruksiyasi kabi yaratish imkonini berishadi - kod ishlatmagan holda va tayyor sozalanadigan kontent uchun bloklar yordamida.


Grav

Saytni boshqarish uchun CMS - Drupal, Joomla va WordPressning alternativ varianti. Sahifalarni vizual tahrirlash, bir necha tillar, sayt haritasi va boshqalar imkoniyatlarga ega.



Pivot

Sayt uchun HTML5 shablonlar kolleksiyasi. Foydalanuvchi drag & drop yordamida, kerakli bloklarni qo'yishi va dizaynni o'garitirish imkoniyatiga ega.

Hype 3.0

HTML-5 animatsiyalar yaratish uchun oson asbob. Veb sahifalar, taqdimotlar va infografikalar yaratish uchun.


OnePager

Wordpress uchun bir sahifali shablon yaratish uchun asbob. Natijada moshlashuvchan dizayn va qidiruv tizimida optimizatsiya qilingan sayt bo'ladi.


Webydo 2.0

Veb sahifalarni dasturlashsiz yaratish uchun proffesional servis. Foydalanuvchiga dizayndagi elementlar joylashuvini o'zgartirish va boshqa imkoniyatlarni beradi.


Bootstrap Studio

Bootstrap freyvorki asosida saytlar yaratish uchun kompyuterga dastur. Veb sahifalarni sozlash uchun juda ko'p asboblarga ega.


Evolero 2.0

Hodisalar uchun sayt yaratish uchun platforma - konferensiyalar, yig'ilishlar, festivallar va boshqalar.


Cloudpress

Wordpress tizimida sayt yaratish uchun servis. Saytni kod ishlatmagan holda, fon, shrift, rang, sayt kengligi va boshqa narsalar o'zgartirish uchun servis. O'zida 80dan ortiq shablon bor.


Picnic

Bir sahifali minimalistik dizaynga ega sevis. Domenni ko'rsatish va HTML kodni yozish yetarli holos.


Manba:

website webbuilder 24-Iyun 12:09 5912

Mamatxalilov Farrux - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Mamatxalilov Farrux dasturchi


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

Fazo
Fazo
Yoki o'zimizni milliy mahsulot Ulkan.uz
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!