Dasturlashni o’rganish oson emasligini siz yaxshi bilishingiz kerak

Dasturlashni o’rganish oson emasligini siz yaxshi bilishingiz kerak

Twitter olamida quyidagi tweetga ko'zim tushib qoldi, unda Apple WWDC "coding qiyin emas degan ibora, meni tushkunlikga tushiradi, Dasturlash oson emas, dasturchi bo'lish juda ham qiyin. Siz end dasturlash olamiga kirayotganlarni dasturlashdan ko'nglini qoldiryabsiz."

Agarda bizdan maslahat so'ragan toza newbie dasturchi bo'lishni orzu qilgan odamga "dasturchi bo'lish oson" desakda, va vaqt o'tgan sayin dasturlashni o'rganish qiyinlashib borishi, o'sha insonni bu sohadan chiqib ketishiga olib kelsa. "Dasturchi bo'lish menga emas ekan. Bu sohada men mutaxassis bo'la olmasam kerak :(. "

Aniqrog'i biz atrofimizdagi deyarli barchani dasturchi bo'lishini xohlaymiz. Ularga "hey dude(qadrdon) dasturchi bo'lish juda oson, harakat qilib ko'r. 3 oyda zo'r dasturchi bo'la olasan" degan "" ichidagi ertaklarda aytiladigan gaplarni aytsak. Ko'p odamlarni dasturlash olamiga jalb qilaman deb, ularni balandparvoz gaplarimiz bilan jarlikga oldiga keltirib qo'ysak.

Agarda mandan so'rasalar dasturlash oson emas, ammo dasturchi bo'lishingiz mumkin aniq bir to'siqlar, va qiyinchiliklarni yengib o'tganingizdan keyin.

Demak:

  • Dasturchi bo'lish qiyin.
  • Dasturlash tilini 3 oyda o'rganib bo'lmaydi.
  • Dasturlash o'rganish jarayoni odamni toliqtiradi.
  • Dasturlashni o'rganish jarayonida juda g'azablangan vaqtingiz ko'p bo'ladi.
  • Dakumentatsiyasi, algoritimlar, bazi bir matematikaga oid narsalar sizni depressiyaga tushuradi.

Ammo:

  • Ajoyib insonlar dasturchilar;
  • Bu olam, boshqa olamlardan farq qiladi;
  • U yerda do'stlar mehribon. Dasturchi dasturchini yaxshi ko'radi. Bu boshqa sohalarda kuzatilmaydi;
  • Dasturlash olamiga chuqur kirib borganingiz sari, sizda bu sohani yaxshi o'rganishga ishtiyoq kuchayaveradi;
  • Ba'zan kodlaringiz o'xshamay qolishi mumkin, ammo albatta ertangi kun yoki qisqa vaqtdan keyin o'sha muammoni yechimi chiqadi. O'shanda hursandchiligingizdan osmonga sakrab yuborasiz :)
  • Yillar davomida siz dasturchi bo'lib yetishasiz, boshqalarga nisbatan o'zingizda ko'proq ishonch bo'ladi;
  • Fikrlashingiz iqtisodchidan tubdan farq qiladi, yashash tarzingiz esa ko'p soha vakillaridan farq qiladi.

Tepada sanab o'tganlarim albatta qiyinchilik bilan erishishga arziydi.

Dasturlashni o'rganing, vujudingiz bilan shu sohaga kirib keting. Yoshingiz 35–30–40 orasida bo'lsa ham hali kech emas. 47 yoshida dasturlashni o'rganishni boshlab, 49 yoshida dasturchi bo'lib ishga kirganlarni bilamiz.

Dasturchi bo'lish oson emas, lekin buning imkoni bor. Siz harakat qilsangiz albatta dasturchi bo'la olasiz. :)

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Fikrlar 1

Oybek770
Oybek770
Rahmat, zo'r maqola chiqibdi.
Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!