tarjima

Endi Visual Studio Mac uchun!

Endi Visual Studio Mac uchun!

Uzoq kutilganidek, chorshanba kuni bo'lib o'tgan Connect()'da Microsoft kompaniyasi Visual Studio dasturlash muhitini Mac OS operatsion tizimi uchun e'lon qildi. Endi Mac'da ishlovchi dasturchilarda ularni Windows'da ishlovchi hamkasblaridagi imkoniyatlar mavjud. Visual Studio Mac uchun chiqarilgani Mac OS'da ham ishlaydi ammo, Windowsdagi talqinidan ozgina farq qiladi. Visual Studio'ning interfeysi Mac OS'ga vizual ko'rinishdan mos kelishi, o'xshash bo'lishi uchun Visual Studio kichik o'zgarishlar qilingan. Visual Studio Windows'dagi kabi Mac uchun ham Visual Studio Code kod redaktori bilan birga keladi.

Dasturiy ta'minotni ishlab chiqarganlar ko'proq kodni mos kelishlilik masalasiga katta e'tibor berdilar. Ammo shunday bo'lsa ham Mac uchun chiqarilgan Visual Studio Windows uchun chiqarilgan Visual Studio'ning hamma loyihalarini qo'llab-qo'llamaydi. Loyiha ustida ishlashda bir vaqtning o'zida ham Mac Os'da. ham Windows'da ishlash uchun fayllarni o'zgartirmasdan biridan operatsion tizimdan ikkinchisiga o'tish mumkin.

Mac uchun chiqarilgan Visual Studio asosiy imkoniyatlarini mobil qurilmalar uchun dastur yaratishga ham yo'naltirilgan. Shuning uchun unda iOS va Android uchun mobil dasturlash yaratish mumkin. Bundan tashqari unda .NET Core va Azure bilash ishlash uchun qo'shimcha kutubxonalar kiritilgan. Xamarin Studio'ning imkoniyatlari Visual Studio'ga ko'chirilgani, Mac'da ishlagan holda, C# yordamida iOS, Android va Mac uchun sifatli mahsulotlar yaratish umkonini beradi.

Ilgari yozilgan kod va kutubxonalarni C#'da ham qo'llash imkoni mavjud bo'lib, bunda mavjud umumiy kodni kerakli platformalarda nativ interfeys yordamida ishlatish mumkin.

Visual Studio for Mac'ni quyidagi havoladan ko'chirib olishingiz mumkin.

Manba:


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!