Flask Frameworki - Python dasturlash tili

Assalomu alaykum!

Flask - Python Frameworki.


flask


Flask Pythonning Web - saytlar yaratish uchun ishlatiladigan frameworki hisoblanadi. Flask asosan kichikroq web - saytlar yaratishda ishlatiladi. Kattaroq web saytlarni esa Djangoda yaratiladi.

Flaskda birinchi web sayt - "Hello World!"

from flask import Flask

app = Flask(__name__)

@app.route('/')

def index():

return '<h1>Hello World!</h1>'

if __name__ == '__main__':

app.run(debug=True)

Natija:


Demak endi har bir qatorni alohida tushuntirib o'taman.

1. From falsk import Flask

flak modulidan Flaskni ishlatishga ruxsat so'ralmoqda ya'ni olib kelinmoqda.

2. app = Flask (__name__)

Mana shu joyda ikkita tag chiziq ( _ ) mavjud. "__name__ " da jami tag chiziq to'rtta. Bu yerda app o'zgaruvchisiga Flask proyektini tenglashtirilmoqda. E'tibor bergan bo'lsangiz bu yerda Flask ishlatilmoqda. Agar kodlar boshida Flaskni import qilmasak bu kod ishlamagan bo'lardi.

3. @app.route( ' / ' )

Ushbu kodda app o'zgaruvchisi ya'ni Flask loyihasiga birinchi ko'rganimizda nima qilishi ko'rsatiladi. Boshqacha qilib aytganda Bosh menyuni bildiradi.Agar e'tibor bergan bo'lsangiz bir web saytga kirganda web sayt manzili quyidagicha bo'ladi :

www.texnoman.uz/blogs/

bu kodda aynan birinchi sleshdan keyin chiqadigan oyna yozilgan.

4. def index():

Ushbu qatorda def orqali Funksiya yaratilmoqda. Agar siz tekin web sayt yaratgan bo'lsangiz har bir saytning fayllar joylashgan katalogida index degan papka mavjud. Def dan so'ng index yozganimizga sabab shu. Siz biror bir saytga kirganda birinchi bo'lib index faylga kiritilgan ma'lumotlarni ko'rasiz. Biz ham def orqali index fayl yaratmodamiz.

5. return "<h1>Hello World! </h1>"

return qiymat qaytaradi. Bu kodda ko'ra index fayl ochilganda Hello World! ni qayatariladi. <h1>... </h1> HTMLning tegishli teg hisoblanadi. Vazifasi teglar orasida yozilgan so'zlarni qalin shriftda yozadi.

6. if __name__ == '__main__':

Bu kodda esa if orqali __name__ ning __main__ga tengligi tekshirilmoqda.Web server faqat skript to'g'ridan to'g'ri amalga oshirilganda boshlanadi va server ishlashi If ning true qiymatga erishishiga sabab bo'ladi.

7. app.run (debug = True)

Ushbu kodga ko'ra If true qiymat qaytarganda app proyekti xatoliklari to'g'riligi tekshiriladi va ishga tushiriladi.

Maqolani tushunish darajasi : 40%

Maqolani qiyinlik darajasi : 60%



000bakhtiyor

Muallif haqida

000bakhtiyor


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!