Game Development bilan shug'ullanishni boshlovchilar uchun tekin ovoz generatorlari

Game Development bilan shug'ullanishni boshlovchilar uchun tekin ovoz generatorlari

Assalomu alaykum. Bu maqolada boshlovchi Game Developer uchun tekin ovoz generatorlari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchiman.

Bilsangiz, o'yin dasturlarda har-xil, antiqa ovozlar bo'ladi. Misol uchun sakraganda yoki o'yin qaxramoniga biror narsa yuz bersa va hokazo.

Har-bir o'yin dasturda maxsus ovoz sistemasi yoki oddiy ovozlarni kontrol qiladigan kichik modullar bo'ladi. Shu modul bilan o'yin dastur juda qiziqarli bo'ladi.

Siz, ovozlarni o'zingiz xohlagancha va takrorlanmas qilib generatsiya qilishingiz mumkin. Buning uchun ba'zi, ovozlarni generatsiya qilib beradigan tizimlarni bilsangiz bo'ldi! (Barchasi tekin !)

  1. Bfxr - Kichik-kichik ovozlarni generatsiya qilish tizimi. (Ochiq kodli + API)
  2. Otomata - O'yin davomida takrorlanib turuvchi musiqa yaratish tizimi.
  3. Shockwave-Sound - Yirik bazaga ega bo'lgan tekin (pullik ham) musiqalar veb-sayti.
  4. Computoser - Sizning tanlashlaringizga qarab musiqalar generatsiya qilib beruvchi ajoyib tizim.

Men, o'zim bilgan eng yaxshi tizimlarni sizga ulashdim. Agar siz, bundanda ajoyib ovoz generatsiya qilib beruvchi tizimlarni bilsangiz, iltimos, bizga xabar bering!


Abduraimov Mo'minjon - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Abduraimov Mo'minjon DelphiGuru


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!