Google 600 million AQSH dollar qiymatga ega datamarkaz ochdi

Google korporatsiyasi Oregonda yangi datamarkaz ochdi, uning umumiy maydoni 15240 м 2. Avvalroq yangi datamarkaz qurilishiga sarflangan umumiy mablag' 600 million AQSH dollarga tengligi aytilgan edi. Serverlar uchun yangi uy Dalles shahri bo'ldi.

Shu aytish kerakki, aynan shu shaharda Google korporatsiyasi birinchi katta datamarkazini 2006-yilda ochgan edi. O'sha vaqtdan boshlab, korporatsiya doimiy mijozlari soni oshib borayotganligi sababli, o'zining ehtiyojlari uchun yangi datamarkazlar qurish biznes yuritishning eng asosiy qismi bo'lib qolgan. Gmail, Google Drive, YouTube va boshqa ko'plab kompaniya xizmatlari vaqt o'tishi bilan yanada ko'proq quvvat talab qiladi, bu talabni qondirish maqsadida, kompaniya o'zining datamarkazlarini kuchaytiryapti, yangilarini quryapti.

Korporatsiya bu shtatni tanlashiga sabab, bu shtat boshqa shtatlarga nisbatan arzon elektr energiyaga va juda qulay soliq siyosatiga ega. Shtatda datamarkaz uchun zarur bo'lgan juda ko'plab uskunalar uchun soliqlar bekor qilingan(Google holati uchun bu tejash bir necha yuz millionga teng).

Yana bir qiziq tomoni, datamarkazlarda hamma ish jarayonlari avtomatlashtirilganligi sababli, juda kam miqdorda ishchi kuchini talab qiladi. Bundan tashqai, operatorlar uchun zarur bo'lgan operatsiyalarni masofadan turib bajarish mumkin. Tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, Dallesda ochilgan datamarkazda 175 ga yaqin ishchi ishlaydi.

Manba:

google datamarkaz 10-Aprel 19:39 807

JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!