yangi

Hakatonlar

Hakatonlar

Hakaton - bir sutkadan bir haftagacha davom etadigan juda "g'alati" hodisa. Bu tashkilotchilar oldindan juda qattiq tayyorgarlik kuradigan, ishtirokchilar esa tayyorgarliksiz kelib, qatnashadigan o'ziga xos qiziq jarayon bo'lib, unda ishtirokchilar ko'p hollarda o'zlari tanimagan hamkasblari bilan biron bir g'oya o'ylab, uni o'sha yerni o'zida yaratishadi, amalga oshirishadi.


Odatda unda dasturchilar, dizaynerlar va loyiha menegerlari qatnashadilar. Birinchi marta 1999-yilda OpenBSD'ning 10 ta dasturchisi Kanadaning Kalgari shahrida yig'ilishib, operatsion tizim uchun muhim bo'lgan dasturlari ustida ishlashgan. Keyinchalik bu atamadan Sun(keyinchalik Oracle sotib olgan), Google, facebook, twitter va boshqa dunyoning ko'plab kompaniyalari foydalanib uni ommalashtirishgan.

Hakaton qatnashchilari hakaton boshlanganda "aqliy hujum" yordamida biron bir g'oya ustida bosh qotirishadi, keyin shu go'ya bilan qiziqqan boshqa hakaton qatnashchilari bilan bir jamoaga birlashib, shu g'oyani amalga oshirish uchun harakatni boshlashishadi. Natijada, ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyatga ega biron bir uskuna yoki dastur dunyoga keladi. Shuni ta'kidlash kerakki, hakaton natijasida tayyor tugallangan maxsulot yaratish shart emas, hech bo'lmaganda shu go'yaga mos keladigan, kam funksiyaga ega bo'lgan, boshlang'ich ko'rinishga ega bo'lsa bas.

/uploads/image/hakaton_tech.jpg


Yuqorida ta'kidlanganidek, hozir katta kompaniyalar orasida hakatonlar tashkillashtirish o'ziga xos "moda"ga aylangan. Bir o'rinli savol tug'iladi, bu hakatonlardan kompaniyalarga nima foyda? Axir, bu uchrashuvlarni tashkillashtirish uchun juda ko'p mablag' ketadi(jarayon davomida ishtirokchilarni yeb-ichishlarini, ishlash uchun yetarli darajadagi muhit yaratishni hakaton tashkilotchilari o'z bo'yniga oladilar)?

Birinchi navbatda hakatonlar yordamida uni tashkilotchilari o'zlari haqida e'lon qilish, o'zilarini tanishtirishni ko'zlashadi. Axir hakaton uyushtirilgandi u haqida ommaviy axborot vositalari, gazetalar, ijtimoiy tarmoqlarda yozishadi. Bu shu kompaniyalar uchun o'ziga xos PR hisoblanadi.

Ikkinchidan, hakatonda kompaniyalar o'zlaridagi bo'sh ish o'rinlarini to'ldirish uchun yetarli imkoniyat bo'ladi. Chunki, bu jarayonda hakaton qatnashchilari xohlashadimi, yo'q-mi, o'zlarini ko'p tomonlama ko'ratishadi. Va eng muhimi ular nimaga qodir ekanliklarini tekshirishlari mumkin.

Uchunchidan, hakatonda kompaniyalar o'zlarini maxsulotlarini reklama qilishlari, maxsulotlari haqida dasturchilarga gapirib berishlari, uni qanday foydalanish mumkinligini ko'rsatib berishlari mumkin. Hozirda Microsoft, Yahoo!, Google kompaniyalari aynan shu maqsadda hakatonlar tashkillashtirishadi. Va bu hakatonlarda o'zlarini yangi texnologiyalari haqida, ulardan qanday foydalanish mumkinligini ko'rsatishadi.

To'rtinchidan, hakatonda yaratilgan biron maxsulot, loyihani uning muallifi roziligi yoki uni ishtiroki bilan tayyor maxsulot ko'rinishiga keltirib, o'zlarini kompaniyalari uchun yangi yo'nalish yaratishlari mumkin.

Hakatonlardan nafaqat uni tashkilotchilar balki, uni qatnashchilari ham foyda ko'rishadi. Masalan, Sizda bitta go'ya bor, deylik android uchun qandaydir dastur. Bu dasturni yaratishdan maqsad oddiy qiziqish bo'lishi mumkin, yoki yangi texnologiyalarni o'rganish. Amma uni yaratish uchun Sizda vaqt yo'q. Axir hech kim bepulga ishlashni xohlamaydi. Dasturchilarni-yu aytmasa ham bo'ladi. Demak Siz hakatonga keldingiz, ro'yxatdan o'tdingiz. Atrofga qarasangiz, atrofingizda hamma Sizga o'xshaydi. Yo'q, ular bekorchi, yalqov, dangasalar emas(umid qilamiz). Ular dasturchilar bo'lishi mumkin. Qanday baxt, Siz ular bilan(notanishlar) o'zingizga qiziq bo'lgan, sohangizga oid bo'lgan yangi texnologiyalar, boshqa kompaniyalardagi loyihalar haqida qiziqarli suhbat qurishingiz mumkin. Shu suhbatlar davomida o'zingizni g'oyangiz haqida ularga gapirib berasiz. Buni qarangki ular orasida Sizning g'oyangiz bilan qiziqib qolgan bir android dasturchi bor ekan. Qanday yaxshi. Endi Siz u bilan yaratmoqchi bo'lgan dasturingizni yaratishingiz mumkin. Endi bitta dizayner va bitta so'zga usta odamni topsak bas, bizda keyingi 24 soat ichida oxirgi bir necha oy o'ylab yurgan, kechalari uyqi bermagan super tezkor, kelajakda juda katta foyda keltiradigan dastur yaratishimiz mumkin.

Agar loyihangiz qiziq bo'lsa, hakaton so'ngida uni yaxshi yetarlicha taqdimotda reklama qila olsangiz, Siz o'sha yerning o'zida loyihangizni oxirigacha yetqazish uchun yordam bera oladigan homiylarni va hamkorlarni topish imkoniyati bo'ladi.

Hozirda ko'plab davlatlar muntazam ravishda hakatonlar tashkillashtiriladi.

Hakaton - O'zbekistonda?

O'zbekistonda birinchi hakaton 2015 yil 3-4-yanvar kunlari Toshkentning TCHK(sobiq) markazida tashkillashtirildi. Bu hakatonning asosiy mavzulari etib, mobil dasturlar, mikrokontrollerlar(Arduino), Raspberry Pi, Oculus Rift, Samsung Gear tanlab olindi.




Bu hakaton doirasida facebookda yangi UzHackathons guruhi yaratildi.


Umuman olganda, agar bunday hodisalarda qatnashish imkoni bo'lsa albatta unda ishtirok etish kerak. Bu juda qiziq, bu juda kerakli, qolaversa unumli hamdir.

hakaton hackathon 20-Aprel 06:30 1147

JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!