Hali ham yosh dasturchilar uchun o’zbek tilida manbalar kam

Hali ham yosh dasturchilar uchun o'zbek tilida manbalar kam

Bu ancha katta mavzu deb hisoblayman. Sababi dasturlash sohasiga endigina qadam qo'yayotgan yosh o'rganuvchilar uchun o'zbek tilidagi qo'llanmalar juda ham kam. Shuning uchun ham aynan shu mavzuda maqola yozishga harakat qildim.

Avvalo, dasturlashni o'rgatuvchi o'quv markazlar, internetdagi foydali ma'lumotlar yo'q emas! Bor. Ammo ana shu internetdagi YouTube yoki shaxsiy bloglarda joylab borilayotgan darslar soni kam. Shaxsiy fikimcha foydali ma'lumotlarni ko'payishi, yosh, tajribali kadrlarni ko'proq yetishib chiqishiga katta zamin yaratadi. Misol qilib aytadigan bo'lsam, Axborot Tehnologiyalari sohasiga endigina kirib kelayotgan kishining hayolida quyidagicha savollar paydo bo'lishi tayin:

  • Umuman olganda bu qanday soha?
  • Ushbu sohani yaxshi o'rgansam, qayerlarda ishlashim mumkin?
  • Menga yaxshi maosh to'lashadimi?
  • Qay biridan boshlash kerak?

Endi qarang, yuqorida men misol qilib keltirgan savollarga javob topish uchun o'sha o'rganuvchiga maslahatlar va ozroq motivatsiya kerak bo'ladi. Agarda tajribali dasturchilar o'z bloglarini yuritib yoki ommaviy bloglarda vaqti-vaqti bilan darslar va bu sohaga kirishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilganliklari haqida kichik bo'lsa ham o'z bloglarini yozib turishsa UzNet saytlarida ham foydali manbalar soni oshadi. Bu gapim ko'pchilikga yoqmasligi mumkin. Sababi hammani ishi o'ziga yetarli, ammo kelajak avlodga, yoshlarga ham bilim olishlarida o'z yordamlarini ayashmasa anchagina hayrli va e'zgu ish qilishgan bo'ladi. O'zingiz bir o'ylab ko'ring, JavaScript tilini endigina o'rganayotgan yosh dasturchida hodisalar, massivlar va mantiqiy amallar bilan ishlashda muammolar yuzaga chiqishi mumkin. Agarda o'sha dasturchi ushbu amallarni tub mohiyatini yaxshi tushunib yetsa, keyin qadamlarda qiynalmaydi.

Shu bilan bir qatorda shuni ham aytish joizki, dasturchining tili bilishi, ung shaxsiy rivojlanishida juda katta rol o'ynaydi. Ammo o'zbekzabon qo'llanmalar hamda bloglarda ushbu sohaning barcha vakillari uchun juda foydali.

So'zim oxirida shuni aytmoqchimanki, bir dasturchi yo'l qo'ygan xatoga boshqa dasturchi yo'l qo'ymasligi uchun o'sha xatolikning kelib chiqish sabablari va eng yaxshi yechimlarni boshqalarga ko'rsatib berish boshqa dasturchilar uchun imkon kaliti bo'lib xizmat qiladi.


Frontender

Muallif haqida

Toshpo'latov Jamshid


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!