yangi

Hayotingizni yengillashtiruvchi Telegramning 10 Roboti

Hayotingizni yengillashtiruvchi Telegramning 10 Roboti

Kundalik hayotimiz tezkor xabar almashish tizimi hisoblangan messenjerlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib bormoqda. Ushbu messenjerlarning orasida Telegram messenjeri ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo'lgan barcha qulayliklarni taqdim etishi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu messenjer dunyo yuzini ko'rganidan buyon bizning doimiy yordamchilarimiz hisoblangan internet brauzerlar foydalanuvchilari ham ancha kamaygan desak adashmaymiz. Bugungi maqolamizda sizlar bilan Telegram messenjerining eng ommabop robotlari (Botlar) haqida so'z yuritamiz.

Weatherman


Endi Smartfoningizdan barcha ob-havo ma'lumotlarini beruvchi katta hajmli dasturlarni o'chirib yuborishingiz mumkin! Barcha ma'lumotlarni ushbu robot orqali bilib olishingiz mumkin. Ob-havo ma'lumotlari qisqacha va batafsil ko'rinishda bugun, erta va kelasi 5 kunlik holat bo'yicha sizga yetkazib beriladi, shunchaki kerakli kun va makonni tanlashingiz kifoya.

Botdan foydalanish

MyCookBot


Kechki ovqatga nima tayyorlashni bilmayapsizmi? Unda Sizga ushbu bot yordam beradi. MyCookBot sizga barcha taomlarning tayyorlash usullari va jarayonidan boxabar qiladi. Muzlatgichingizda qanday masalliqlar borligini ushbu botga yozib bering, u esa sizga siz yuborgan masalliqlardan qanday taomlar tayyorlash mumkinligini aytib beradi.

Botdan foydalanish

TempMail


Turli xil internet saytlarida ro`yxatdan o`tish uchun haqiqiy e-mail pochta manzilingizni kiritishdan va pochtangizga spamli xabarlar kelishi joningizga tegdimi? Endi tezkor, qulay va bepul pochta sizning Telegram messenjeringizda! Quyida keltirilgan robot xizmatlaridan foydalaning va kerakli saytda ro`yxatdan o`tib, o`z profilingizni faollashtirib oling! Barcha tuzilgan pochta qutilari 10 daqiqa ichida o`chib ketadi!.

Botdan foydalanish

To PDF


Robot imkoniyatini uning nomidan ham bilib turibsiz. Ushbu bot DOC, DOCX, ODT, TXT va JPG turiga mansub fayllarni PDF kitobcha shakliga keltirib beradi.

Botdan foydalanish

PronunciationBot


Chet tillarida gaplashishga tilingiz kelmayaptimi? Yangi so`zlarning qanday o`qilishini bilmoqchimisiz? Unda bu robot siz uchun eng kerakli yordamchidir. Ushbu robot dunyoning 84 tilidagi so`zlarni talaffuz qilib berish imkoniyatiga ega. Shunchaki, kerakli so`zni botga yozib yuboring u esa sizga ovozli xabar ko`rinishida javob qaytaradi.

Botdan foydalanish

Pomodoro Timer

Ushbu robot yordamida sizning kun davomidagi dam olish va ish vaqtingiz nazorat qilib turiladi va sizning vaqtingizda tejashga yordam beradi. Kun davomidagi vaqtlaringiz statistik ma`lumot sifatida ko`rsatib boriladi.

Botdan foydalanish

YouTube Downloader


YouTube video hostingidan o`zingiz yoqtirgan videoni ko`chirib olishingiz uchun bir necha qulay uslublar mavjud, lekin endi videolarni Telegram messenjerini tark etmagan holda ham ko`chirib olishingiz mumkin. Videoning YouTubedagi manzilini quyidagi botga yuborib, kerakli sifatni tanlang, javob tariqasida esa videoni yuklab olish uchun to`g`ridan-to`g`ri yo`llanmani qo`lga kiriting.

Botdan foydalanish

InstaSave


Instagramdagi o`zingiz yoqtirgan rasm va videoni saqlab olish YouTubedan ko`chirib olishdan ham qiyinroq ishga o`xshaydi, ammo sizga InstaSave roboti yaqindan yordam berishga tayyor. Ushbu robotdan foydalanish ham yuqoridagi uslubga o`xshaydi rasm yoki video yo`llanmasini robotga yuboring va yoqtirgan mediafaylingizni qo`lga kiriting.

Botdan foydalanish

Gifs.com Bot


Gap mediafayllar haqida ketar ekan harakatlanuvchi rasmlar hisoblangan GIF larni tashlab keta olmadik. Telegramda bunday fayllarni ko`plab topsa bo`ladi deysizmi? Bu robot orqali siz o`zingizning GIF laringizni tuzishingiz mumkin bo'ladi, albatta birinchi bosqichdan emas, balki ijtimoiy tarmoqlarga (Instagram, Vine, FAcebook, Twitter) joylangan videolar yordamida! Menimcha qanday tuzishni topdingiz?!

Botdan foydalanish

«Salom, Notanish!» o`yini


Telegram messenjeri orqali o`ynaladigan matnli boshqotirma. Qiyin holatga tushib qolgan qahramoningizga agar siz ushbu holga tushib qolganingizda qanday yo`l tutishingizni maslahat bering va uni bu holatdan olib chiqing.

Botdan foydalanish

O`zingiz sevib foydalanadigan lekin ushbu maqolaga kiritilmay qolgan robotlarni o`z fikrlaringizda yozib qoldirishni unutmang!


pLaTiNuM - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

pLaTiNuM Android/Web-developer


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!