manba

Insoniyat tarixidagi birinchi ovozli va rangli multfilm

Insoniyat tarixidagi birinchi ovozli va rangli multfilm

Insoniyat tarixidagi birinchi ovozli va rangli multfilm taqdimoti 1930-yilning 16-avgust kuni AQShda boʻlib oʻtgan. "Flip the frog" deb nomlangan multfilm muallifi taniqli animator Ab Ayverks boʻlib, u Mikki Maus qahramonini yaratish jarayonida ham ishtirok etgan. Ab "Disney" studiyasidan ketganidan keyin oʻzining shaxsiy studiyasiga asos soladi va "CineColor" plyonkasiga rangli multfilm suratga oladi. Multfilmning bosh qahramoni – qurbaqa Flip edi. Mazkur seriyadagi ilk filmda qurbaqa Flip raqsga tushadi, qoʻshiq kuylaydi va fortepiano chaladi.

Ayverks bugungi kunda butun dunyo odamlari Mikki Maus sifatida yaxshi taniydigan qahramonni yaratish jarayonida faol ishtirok etgan. U "Disney" kompaniyasining koʻplab multfilmlarini yaratish jarayonida qatnashgan, ammo 1930-yilda Ayverks va Disneyning yoʻllari ayro tushadi. Ular orasida kuchli raqobat yuzaga keladi, Ab studiyada uning mehnati yetarlicha qadrlanmayotganidan norozi boʻladi, shu sababli "Disney" kompaniyasidan chiqib ketadi.

Ming afsuski, Ab Ayverks oʻz loyihalari uchun homiy topa olmagan, shu sababli u asos solgan kompaniya tez orada yopilib ketgan. Ayverks 1940-yilda "Disney" kompaniyasiga qaytgan va vizual effektlar bilan ishlay boshlagan. U Alfred Xichkokning "Qushlar" filmi uchun ham effektlar yaratib bergan.

Multiplikatsiyadagi ilk qadamlar aka-uka Lyumerlar tomonidan kinematografiyaga asos solinishidan avval tashlab boʻlingan edi. Belgiyalik fizik Jozef Plato, avstriyalik professor-geometr Simon fon Shtampferlar aylanuvchi disk, koʻzgular tizimi va fonus yordamida harakatlanuvchi tasvirlarni hosil qilishgan. Ushbu texnologiyaning kelgusida fotografiya bilan birgalikda rivojlanishi kinoapparatning ixtiro qilinishiga olib kelgan.

1914-yilda Uinzor Makkey tarixda birinchi marta multfilm qahramoni – dinozavr Gerti obrazini yaratdi.

1995-yilda "Pixar" studiyasi tomonidan tarixdagi birinchi toʻliq metrajli kompyuter multfilmi – "Oʻyinchoqlar hikoyasi" taqdim qilindi.

Yana bir qiziqarli fakt: tarixda ilk marta Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan multfilm – Uolt Disneyning "Gullar va daraxtlar" multasari boʻlgan.

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!