IntelliJ IDEA: "Debug" qilish sirlaridan biri

IntelliJ IDEA: "Debug" qilish sirlaridan biri

Dastlab, juda katta 'collection' yoki 'array' lar bilan ishlaganimda, sikl bloki ichida o'zgaruvchining ma'lum bir qiymatiga yetganda qandaydir xatolik sodir bo'lganda, o'sha vaziyatda aynan nima bo'layotganini aniqlash uchun o'sha vaziyatga yetib borish juda qiyin bo'lardi(o'sha vaziyatga yetib borgunicha F9 ni bosib o'tirardim, juda vaqtni yeydigan holat...). Va shu narsani oldini olish mumkinliga ishonib Googlega yuzlandim. Nihoyat qidirib topdim, kimlargadir ham foydasi tegar deb ushbu maqolani ochdim.


Tushunarli bo'lishi uchun juda oddiy holatni misol qilib oldim:

Sikl ichida kerakli joyga to'xtash nuqtasini qo'yamiz va ustiga sichqonchaning o'ng tarafini bosamiz, undan 'Properties' ni tanlaymiz.

Natijada quyidagi oyna ochiladi. Undan 'Conditions' bo'limidan 'Condition' ni belgilab, ochilgan joyga kerakli shartni yozamiz, keltirgan misolda i == 777 ni shart qilib oldim, ya'ni agarda i sikl o'zgaruvchisi 777ga teng bo'lsa o'sha yerdagi belgilangan to'xtash nuqtasida to'xtaydi.

Ya'ni quyidagicha holatda bo'ladi:

Manba:


Texnoman Jamoasi - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

Texnoman Jamoasi Internetni rivojlantiramiz!


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!