Investor bilan uchrashuv: sizni qanday savollar kutmoqda?

Loyiha taqdimoti chog'ida investorni qiziqtiradigan asosiy savollarni venchur kapitalisti Toni Konrad bilan bo'lgan intervyudan keltiramiz:

  • Jamoa. Siz kimsiz va jamoada yana kimlar bor? Nega aynan siz o'zingiz aloqador bo'lgan muammo yechimi uchun yaroqlisiz? Qanday noyob bilimlarga egasiz? Qanday afzalliklaringiz bor? Bosh maslahatchilaringiz kim? Qanday xususiy investorlar loyihangizga investitsiya kiritishini aytgan?

Agar investorni o'z jamoangiz samaradorligiga ishontira olsangiz, ular diqqat bilan razm solib, sizni haqiqatan tinglay boshlaydi.

  • Bozor. Bozorga chiqish uchun qanday imkoniyatlarni ko'rib chiqmoqdasiz va qanday choralar ko'rasiz? Bozorda boshqalardan ustun turish va yetakchi bo'lish uchun nima qilyapsiz?

Bozor va raqobatchilarni o'rganish uchun avvalgi maqolani o'qib chiqing.

  • Mahsulot. Qanday muammolarni hal etasiz? Bu nima uchun mijozlarga qiziqarli? Mahsulotingiz boshqalardan nimasi bilan ustun? Siz va raqobatchingiz o'rtasidagi farq aslida qanchalik katta? Mahsulotni kelajakda qanday rivojlanish bosqichlari kutmoqda? Raqiblaringiz kim? Nima uchun ularni yengasiz?
  • Auditoriya qamrovi. Qay tarzda mahsulotni taniqli qilasiz va birinchi foydalanuvchilarni jalb etasiz? Mijozlarni qanday yig'asiz (SEO, SMM, virallik, radioreklama, jo'natmalar, piar yoki boshqa yo'llar bilan)? Ba'zilar bitta mijozga ega bo'lish narxi va bitta foydalanuvchidan olinadigan o'rtacha foyda miqdori bilan qiziqishi mumkin. Tarqatish rejangizda qanday afzalliklar bor? Ular qanchalik yaxshi natija ko'rsatgan? Nima natija bergan, nima bermagan? Mahsulotni bundan keyin qay tarzda yoymoqchisiz?
  • Biznes-model. Biznes-modelingiz qanday? Daromadga qanday erishasiz? Bozor tuzilmasi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar qanaqa? Ushbu kuchlar strategiyangizda qanday aks etadi? Iqtisodiy o'lchov birliklaringiz qanaqa (CPA, mijozlar oqimi, lifetime value)? Hal etish kerak bo'lgan huquqiy yoki me'yoriy masalalar bormi?
  • Kapitaliziatsiya. Qancha mablag' jalb etasiz? Nega aynan shunday miqdorda? Yig'ilgan kapitalni qanday sarflaysiz? Bu pulllar qanday maqsadlarga erishish imkonini beradi? Boshlang'ich kapitalning siz mo'ljallagan miqdori qanday?

Keyingi maqolalarda ushbu bandlarning har birini alohida ko'rib chiqamiz va notanish terminlarga to'xtalib o'tamiz.

Loyiha "Daryo" va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript.


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!