yangi

Ishga kirishda beriladigan mantiqiy savollar va ularga javoblar

Ishga kirishda beriladigan mantiqiy savollar va ularga javoblar

Assalom alaykum.

Odatda dasturchilarni suhbat asosida ishga olishadi. Suhbatda dasturchi yo'nalishi va darajasiga qarab unga savollar berishadi. Dasturlashga oid beriladigan savollardan tashqari, ba'zida, mantiqiy savollar ham berishadi. Ushbu maqola shunday mantiqiy savollardan ba'zilarini ko'rsatib o'tmoqchiman. Javobi bilan!

Demak boshladik!

1. Nima uchun tuxumlarni bir uchi o'tkir, bir uchi yassi bo'ladi?

1. Tuxumlarni bunaqa shakl dumalab ketishdan saqlaydi. Agar tuxum to'g'ri, simmetrik shaklda bo'lganda, masalan, dumaloq, u to'g'ri chiziq bo'ylab dumalab ketishi mumkin edi. Simmetrik bo'lmagan shakl uni aylana atrofida aylanishga majbur qiladi.

2. Tunda soat 12 da yomg'ir yog'moqda. 72 soatdan so'ng quyosh chiqadi deb qabul qilish mumkinmi?

2. Yo'q, chunki 72 soatdan keyin, ya'ni 3 sutkadan so'ng, tungi 12 bo'ladi.

3. Asal va Madinaga bir donadan quti berishdi, har birida 12 tadan qand bor. Asal bir nechtasini yedi. Madina esa, Asalning qutisida necha qand qolgan bo'lsa, shuncha yedi. Asal va Madinada ikkalasi uchun nechta qand qoldi?

3. 12 ta qand.

4. 10 kgli tarvuz bor. U 99% suvdan tashkil topgan. Qanchadir vaqtdan so'ng, undan qanchadir suv bug'lanib chiqib ketdi. Va uning vaznini 98%i suvdan iborat bo'ldi. Endi uning vazni qanchaga teng bo'ldi?

4. Agar boshida 99% suv bo'lgan bo'lsa, "quruq" qismi uni 0.1%ini ya'ni, 0.1 kg ni tashkil etgan. Tarvuz qurigandan so'ng, endi quruq qismi 2%ni tashkil etgan. Demak, tarvuz vazni 5 kg ga tenglashgan.

5. Koptok o'zingizga qaytib kelishi uchun uni qanday otish kerak?

5. Uni yuqoriga otish kerak.

6. Yerga qalamni qo'yishdi va bir nechta insondan navbat bilan qalam ustidan sakrab o'tish kerakligi aytishdi. Hech kim ushbu ishni qila olmadi. Nima uchun?

6. Chunki qalamni devorga zich qilib tekkizib joylashtirishgan.

7. 5 qazuvchilar 5 soatda 5 metr ariq qazishadi. 100 metr ariqni 100 soatda qazish uchun bir xil ishlaydigan yana nechta qazuvchi kerak bo'ladi?

7. O'sha 5 ta qazuvchi. 1 soatda 5 ta qazuvchi 1 metr ariq qazishadi. Demak, 100 soatda shu beshta qazuvchi 100 metr ariq qazishadi.

8. Qishloqda "g'alati" odam yashar edi. Qishloq aholisi va qishloq mehmonlarining sevimli mashg'uloti quyidagicha bo'lgan: g'alari odamga 10 tiyinli tanga va 10 so'mli qog'oz pulni taklif qilishgandi, u doim tangalarni tanlagan. Nima uchun?

8. Tangalarni tanlashini sababi, agar u qog'oz pulni tanlaganda qishloq aholisi va mehmonlari "g'alati" odamga nisbatan qiziqishni yuqotishar va keyingi gal unga umuman na tangani na qog'oz pulni tanlash imkonini berishmas edi.

9. Nima uchun kanalizatsiya quduqlari qoppoqlari dumaloq?

9. Bir nechta javob bor: dumaloq qoppoq quduq ichiga tushib ketmaydi; dumaloq qoppoqlarni tashish oson.

10. Yopiq xonada 3 ta chiroq bor. Yo'lakda esa 3 ta yoqgich bor. Xona eshigina eng kami bilan necha marta ochish orqali qaysi yoqgich qaysi lampochkaga tegish ekanligini aniqlash mumkin?

10. Bitta ochish orqali. Bir vaqtni o'zida ikkita yoqgichni yoqamiz. Bir qancha vaqtdan so'ng, bitta yoqgichni o'chiramiz. Va xonaga kirib ikkita o'chiq chiroqlarni ushlab ko'ramiz. Issig'i ikkinchi yoqgich bo'ladi. Sovug'i esa uchinchi.

11. 8 ta bilyard sharlari mavjud. Ulardan biri qolganlariga nisbatan ozgina og'irroq. Richagli tarozi orqali(qo'shimcha toshlarsiz) eng kam nechta tortib ko'rish orqali shu og'irroq shartni topish mumkin?

11. 2 ta tortish orqali. Shartlarni 2 ta guruhga bo'lib olamiz. Birinchi guruhda uchtadan shar bo'ladi. Ikkinchi guruhda qolgan ikkita shart. Avval 3tadan sharlari tarozida tortamiz. Agar tarozini bir pallasi og'ir bo'lsa, o'sha o'gir tomonidagi 3 ta shartni ikkitasini bitta-bitta qilib tortamiz, agar ular teng bo'lsa, qolgan bitta shart og'ir bo'ladi. Agar birinchi guruhdan og'iq shar chiqmasa, qolgan ikkita shartni tortib ko'ramiz.

12. Katta kenglik o'rtasida jonsiz odam yotibdi. Qo'lida gurgurt cho'pi bor. Boshqa hech qanday iz mavjud emas. Shu inson nima sababdan vafot etgan?

12. U odam balandlikni yuqatayotgan, halokat bo'lishi aniq bo'lgan samolyotdan qulab vafot etgan. Samolyotda faqat 1 dona yo'lovchiga parashut yetmagan va shu inson gurgurt cho'pni tortgan va unga kalta cho'p chiqgan. Va u parashutsiz sakrashga majbur bo'lgan!

13. Avtobusga nechta tennis koptoklari sig'adi?

13. Ba'zida suxbatlarda shunaqa savollar berishadiki, unga aniq, to'liq javob bo'lmaydi, ya'ni ko'p hollarda abstrak savol berishadi va ishga kiruvchidan ushbu savolga qanday yondashishi kuzatilinadi. Bu savol ham shunday savollardan. Ya'ni variantlar ko'p bo'lishi mumkin, javob beruvchi topqirligi va o'ylash qobilyati bilan chegaralanishi mumkin holos. Bu savolga javob berishda eng to'g'ri yo'l savolni aniqlashtirish bo'ladi. Masalan, qanaqa avtobus? Koptoklar hajmi qanday? Avtobus oylanalari ochiqmi? Eshigi ochiqmi? Avtobusda odamlar bormi? Boshqa buyumlar bormi? Va h.k.

14. Fil vaznini qanday aniqlash mumkin?

14. Bu savol ham yuqoridagi savolday. Bu savolda fil vaznini aniqlash uchun har qanday yo'ldan foydalanish mumkin. Masalan oddiy tarozilardan.

15. M&M's shirinliklari yuzi silliq. Ishlab chiqaruvchilar bunday qanday qilishadi? Nima u shirinlik donalari havoda uchadimi?

15. Bunday savollarda yana muhim jihati, javob beruvchini javob varianti muhim emas. Uning savolga yondashisho, kashfiyotchiligi muhim. Ish beruvchilar ishga kiruvchini shunday sifatlarini tekshirish uchun shunday ko'rinishda savollar berishadi. Siz bu masalani qanday yechgan bo'lardingiz? Aslida bu shirinliklar katta barabanda doimiy aylantirish bilan amalga oshiriladi, shunda shirinlik ustidagi qoplama shirinlikga bir tekis bo'lib yopishadi. Lekin, bu javobni ishga kiruvchi bilmasligi mumkin va bu masalani yechish uchun o'sha joyni o'zida mulohaza qilishi mumkin. Masalan shirinlikni havo oqimida ushlab tursa bo'ladimi? Yoki har bitta shirinlikni ip orqali ilib qo'ysachi?


WinStyle - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

WinStyle Java, Javascript, C++, MySql, NoSql, Oracle, Raspberry


Blogdagi so‘nggi maqolalar:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!