IT kompaniyalaridagi Product Owner va Project Manager’ning funksional vazifalari
| № | Vazifalar | |
| Project Manager | Product Owner | |
| 1. | buyurtmachining talablarini to'plash va ularni tahlil qilish | bozor, raqobatchilar va foydalanuvchilar ehtiyojlarini tahlil qilish asosida mahsulot strategiyasini belgilash |
| 2. | loyihani bajarish uchun mo'ljallanayotgan budjet hisob-kitobi | mahsulot yo'l xaritasini ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash, shu jumladan funksional imkoniyatlar va relizlarni ustuvorlashtirish |
| 3. | texnik topshiriqlarni tuzish, loyiha va texnik hujjatlarni yuritish, ustuvorliklarni belgilash | mahsulot backlog'ini boshqarish, shu jumladan vazifalarni tuzish, baholash va ustuvorlashtirish |
| 4. | loyihani amalga oshirishga qodir mutaxassislarni tanlash | manfaatdor tomonlar, shu jumladan dasturlash jamoasi, marketing, savdo va mijozlar bilan o'zaro hamkorlik |
| 5. | jamoa aʼzolari o'rtasida vazifalarni taqsimlash va jamoaga rahbarlik qilish | mahsulotning ko'rinishi va strategiyasini dasturlash jamoasiga taqdim etish |
| 6. | loyihaning barcha bosqichlarini bajarish muddatlariga rioya etilishi, ishlarning sifati, byudjet sarfi va tavakkalchiliklar ustidan nazorat qilish | yaxshiliklar va yangi imkoniyatlarni aniqlash uchun mahsulot to'g'risidagi maʼlumotlarni va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish |
| 7. | buyurtmachi bilan aloqalar (rejalar, muddatlar, talablar, byudjetlarni kelishish) | foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun foydalanuvchi testlarini tashkil etish va fikr-mulohazalar olish |
| 8. | buyurtmachi bilan kelishilgan kelishuvlar va talablarga rioya qilish | funksional va dizayn masalalari bo'yicha qarorlar qabul qilish, mahsulotning biznes va foydalanuvchilar talablariga muvofiqligini taʼminlash |
| 9. | taqdimot materiallari, demo-versiyalar tayyorlash, ishlab chiqishning har bir bosqichini yoritadigan hisobotlarni tuzish | mahsulotni manfaatdor tomonlarga namoyish etish va ularning fikr-mulohazalariga javob berish |
| 10 | loyiha xatarlarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan, loyihani muvaffaqiyatli yakunlash uchun potensial tahdidlarni aniqlash, tahlil qilish va kamaytirish | mahsulotni ishlab chiqish jarayonida xavf-xatarlarni va o'zgarishlarni boshqarish |
| 11 | loyiha sifat standartlariga rioya etilishini monitoring qilish va ta'minlash, shu jumladan sifat nazorati va ishlarning bajarilishini audit qilish tartib-taomillarini ishlab chiqish va joriy etish | mahsulot hujjatlarini, shu jumladan talablar spetsifikatsiyalari, foydalanuvchi ssenariylari, funksionallik va jarayonlar tavsiflarini yuritish |
| 12 | loyihaga o'zgarishlarni boshqarish, shu jumladan o'zgarishlarning loyiha muddati, byudjeti va sifatiga taʼsirini baholash | marketing va sotish tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, mahsulotni bozorda samarali targ'ib qilishni taʼminlash. |
Birinchi bo‘ling!