manba

Jamiyat uchun foydali

Jamiyat uchun foydali

Maqolani o`qib mazza qildim. Juda ko`pchilik tushunmasdan talashadigan tillar jangiga chiroyli javob bo`lgan. Undan ham muhimi tillarning mohiyati va GC tushunchalarini muommoli tushuntirib berilgan.

Shu o`rinda bir fikr kelib qoldi. Ko`pchilik maqolalarni rus tilida o`qiydi. Yana ham ko`pchilik umuman o`qimaydi, chunki faqat o`zbek tilini biladi.

Aslida bunday foydali maqolalar ko`p. Ko`p kitob o`qishga qiziqqanlar yaxshi bilishadi.

Ma'lumotli bo`lish uchun quyidagi usul bor:

1. Ketma-ket soha maqolalarini o`qishni boshlaysiz. Tanlamasdan.

2. Qaysi maqola foydali, qaysi maqola ko`chirilgan, qaysi maqola takrorlandi tahlil (analiz) qilish ko`nikmasi shakllanadi. Endi tanlashni boshlaysiz.

3. Faqat sara maqolalar beriladigan manbalarga a'zo bo`lasiz. Sara maqolalarni o`qishni boshlaysiz. 2-3 kun orqada yurishingiz mumkin. Lekin 5 ta maqola o`qishdan ko`ra, 1 ta sini o`qib vaqt tejagan bo`lasiz.

4. Maqolalarni yig`ib, jamiyatga ulashishni boshlaysiz. Afsuski hamma ham siz o`qigan tilni (rus, ingliz, fors, ispan, arab, yapon) bilmagani uchun o`qiy olishmaydi.

5. Jamiyatga foydali bo`lish uchun maqolalarni o`zbek tiliga tarjima qilib, ulashishni boshlaysiz. Tushunasiz-ki, o`qigan 30-40 ta maqoladan faqat bittasini tarjima qila oldingiz. Afsus...

Shu yerga kelganda manga bir fikr kelib qoldi.

Balki yaxshi maqolalarni yig`ishni boshlasak. Kimdur ularni tarjima qilishga yordam berar?

Nima deb o`ylaysiz. Sizda ham shunday bo`ladimi? Agar shunday guruhni topsam, siz ham qo`shilgan bo`larmidingiz?

Manba:


JONNY - Texnoman foydalanuvchisi

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!