Java texnologiyasining mohiyati va turlari.

Java texnologyasi o'ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta'minlab bera oladigan, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit (platforma)ga bo'liq bo'lmagan holda ishlaydi.U bilan xatto eng kichik qurilmalarga xam dasturlar yozish mumkin.Java texnologiyasi to'laligicha Java Virtual Machine(JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya'ni, dastlab biz yozgan *.java fayl compilyator yordamida bayt kodga o'giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o'giradi.

Java texnologiyalari:

Java SE - Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi.Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi(Windows NT, Macintosh,Linux va Solaris).Shu bilan birga JavaSE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi.

Java EE - Java Enterprise Edition, Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi xisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko'p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo'llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo'llaniladi.Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o'z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko'pgina boshqa qo'shimcha kutubxonalarni(odatda *.jar) ham o'z ichiga oladi ya'ni:Servlet,JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko'pgina internetga asoslangan qoshimcha kutubxonalar.

Java ME - Java ME yoki Java Micro Edition Java SE ning ba'zi qismlarini o'z ichiga oladi, JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dastrular yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o'yinlar, dasturlar yaratish mumkin.

Xulosa qilib aytganda Java ni o'rganish darajasi bo'yicha 3 ga bo'lishimiz mumkin:

Java yadrosi(Core Java)

Rivojlangan Java(Advanced Java)

Java Enterprise Edition

Bundan kelib chiqib,Core Java va Advanced Java bu JavaSE ga tegishli bo'lgan bilimlar deydigan bo'lsak ,bu ikkovini o'rganmay JavaEE ga o'tish to'gri kelmaydi.Shuning uchun dastlab Core Java ni o'rganish kerak.

Manba:


JONNY

Muallif haqida

JONNY Arduino, Java, C#, Android, Windows, Linux, Debian, Javascript. O'zbekistonni rivojlantiramiz! Dasturlash orqali vatanimizni yangi marralarga olib chiqamiz.


Qiziq bo‘ladi:


Birinchi bo‘ling!

Iltimos, fikr bildirish uchun saytga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting!